Batafsil fotoretsept: Bostoncha kremli tort

Batafsil fotoretsept: Bostoncha kremli tort

Masalliqlar:

  • Kremiga:

  • Biskvitiga:

Yo’nalishlar

Bostoncha kremli tort bu pazandachilikning klassik pishiriqlaridan biri hisoblanar ekan. Mayin krem va shokoladli glazur esa unga o’zgacha ta’m va chiroy bag’ishlaydi.

Shuningdek bu desert juda tez tayyorlaniladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 24 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

Kremiga:
500 millilitr sut
2 ta tuxum
100 gramm shakar
30 gramm makkajo'xori kraxmali
50 gramm sariyog'
Biskvitiga:
125 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
150 gramm shakar
4 ta tuxum
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
150 gramm qora shokolad
50 millilitr qaymoq
Qadam 1
Tugllandi

Biskviti uchun kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Biskvitini tayyorlaymiz:

Tuxum oqini sarig'idan ajratamiz. Tuxum oqini esa shakar bilan yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

O'simlik yog'ini tuxum sarig'i bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tuxum oqini sarig'i bilan aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Un bilan qabartmani elab, massa ustidan solamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Massani qolipga solamiz va 175 C darajada qizigan pechda 30-35 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Kremini tayyorlaymiz:

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz:

Qadam 8
Tugllandi

Sutni qaynatib olamiz. Tuxum, shakar va kraxmalni alohida idishga solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Qizigan sutni tuxumli aralashmaga ehtiyotkorlik bilan quyamiz va tez-tez aralashtirib olamiz.

Qadam 10
Tugllandi

Kremni qayta qozonchaga quyib, quyulguniga qadar qaynatib pishiramiz.

Qadam 11
Tugllandi

Kremni gazdan olib, ustini pelyonka bilan yopib, sovigunga qadar qoldiramiz. So'ng yumshagan sariyog'ni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 12
Tugllandi

Biskvitni ikkiga bo'lamiz. Birinchi qavatiga kremning yarmini surtib, ikkinchi qavatini ustidan qo'yamiz. So'ng qolgan kremni ham ustidan surtib chiqamiz.

Qadam 13
Tugllandi

Glazuri uchun eritilgan shokolad va qaymoqni aralashtirib olamiz.

Qadam 14
Tugllandi

Tortni ustini glazur bilan bezatib, qotguniga qadar sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 15
Tugllandi

Tortishdan oldin rezavor mevalar bilan bezatib, so'ng dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Kremiga:
500 millilitr sut
2 ta tuxum
100 gramm shakar
30 gramm makkajo'xori kraxmali
50 gramm sariyog'
Biskvitiga:
125 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
150 gramm shakar
4 ta tuxum
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
150 gramm qora shokolad
50 millilitr qaymoq
oldingi
Shaftolili muzqaymoq
keyingi
Uyda tayyorlanilgan sarimsoqpiyozli suxariklar

Fikringiz