Videoretsept: «Yangi yil gulchanbari» salati
Masalliqlar:
-
250 gramm qaynatilgan kartoshka
-
150 gramm qizil sabzi
-
3 ta qaynatilgan tuxum
-
150 gramm yong'oq
-
200 gramm pishloq
-
1 ta maselkadan Provansal Premium Gold mayonezi
-
250 gramm qaynatilgan tovuq filesi
-
1 bog' shivit
-
2-3 ta pomidor cherry
-
bezak uchun anor donachalari
Yo’nalishlar
Sizning e’tiboringizga Yangi yil dasturxoni uchun o’ziga xos va qiziqarli salat retseptini taqdim etamiz. Mahsulotlarning kombinatsiyasi sizni quvontiradi, tashqi ko’rinish esa o’zgacha bayram muhitini qo’shadi.
Bunday salatni qavatma-qavat qilish yoki shunchaki barcha mahsulotlarni aralashtirib yuborish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
250 gramm qaynatilgan kartoshka | |
150 gramm qizil sabzi | |
3 ta qaynatilgan tuxum | |
150 gramm yong'oq | |
200 gramm pishloq | |
1 ta maselkadan Provansal Premium Gold mayonezi | |
250 gramm qaynatilgan tovuq filesi | |
1 bog' shivit | |
2-3 ta pomidor cherry | |
bezak uchun anor donachalari |
Barcha sabzavotlarni oldindan qaynatib, po'stidan artamiz. Tuxum, kartoshka, sabzi va pishloqni qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz.
Qaynatilgan tovuqni ingichka bo'laklarga bo'lamiz. Yong'oqni pichoqda maydalaymiz.
Salatni dumaloq shaklida yig'ish uchun likopcha o'rtasiga stakan qo'yib, atrofiga salatni yig'ish kerak bo'ladi.
Birinchi bo'lib, kartoshkani qo'yib, ustidan mayonez surtamiz.
Ustidan tovuq go'shtini qo'yib, yana mayonez surtamiz. Qoshiq yordamida ozroq ezib chiqamiz.
Tovuq go'shti ustidan yong'oqni bir xil qilib sepib chiqamiz.
Uning ustidan pishloq sepamiz. Dumaloq shakl hosil qilgan holda qo'lda yoki qoshiq yordamida ezib chiqamiz.
Qirg'ichdan chiqarilgan sabzini qo'yib, mayonez surtamiz.
Oxirida tuxumni solib, yaxshilab ezamiz
Salat o'rtasidagi stakanni ehtiyotkorlik bilan olib, salat chetlari va ichiga ingichka qilib mayonez surtamiz. Mayda to'g'ralgan shivit sepib, shivitning katta shoxlari, cherri pomidori, anor donachalari va pishloqdan kesib olingan qor parchalari bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
250 gramm qaynatilgan kartoshka | |
150 gramm qizil sabzi | |
3 ta qaynatilgan tuxum | |
150 gramm yong'oq | |
200 gramm pishloq | |
1 ta maselkadan Provansal Premium Gold mayonezi | |
250 gramm qaynatilgan tovuq filesi | |
1 bog' shivit | |
2-3 ta pomidor cherry | |
bezak uchun anor donachalari |