Videoretsept: Xushbo’y isli qovoqli keks
Masalliqlar:
-
2 ta tuxum
-
180 gramm shakar
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
240 millilitr kefir
-
120 millilitr "Golden Corn" makkajo'xori yog'i
-
400 gramm qovoqli pyure
-
1 ta apelsin po'sti
-
300 gramm un
-
2 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq to'la bo'lmagan iste'mol sodasi
-
1 choy qoshiq dolchin
-
0.5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
100 gramm mayiz
Yo’nalishlar
Ajoyib nafis ta’m va xushbo’y hidli mana bunday keksni tayyorlash uchun qovoqdan foydalanamiz. Ammo keksda qovoqning borligi umuman sezilmaydi, ishonavering!
Keksga kerak bo’ladigan ziravorlarning barchasini solish tavsiya etiladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
180 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
240 millilitr kefir | |
120 millilitr "Golden Corn" makkajo'xori yog'i | |
400 gramm qovoqli pyure | |
1 ta apelsin po'sti | |
300 gramm un | |
2 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq to'la bo'lmagan iste'mol sodasi | |
1 choy qoshiq dolchin | |
0.5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
100 gramm mayiz |
Qovoqni po'stidan tozalab olamiz. Mayda to'rtburchak qilib to'g'rab, 180 C darajada qizigan pechda 40-50 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng esa blender yordamida ezib maydalaymiz.
Tuxum, shakar va vanil shakarini tog'orachaga solamiz. Mikser yordamida ko'pirtirib olamiz. So'ng yog' va kefirni solib, ko'pirtirishda davom etamiz.
Ustidan qovoqli pyure va apelsin po'stlog'ini ham solib, aralashtirib olamiz.
Unni tuz, maydalangan dolchin, muskat yong'og'i, qabartma va iste'mol sodasi bilan aralashtirib olamiz.
So'ng unli aralashmamizni yuqoridagi qovoqli massaga solamiz va aralashtirib olamiz. Mayizni ham solib, qoshiqda yana bir bor aralashtirib olamiz.
Keksga mo'ljallangan qolipga sariyog' surtib, ozroq undan sepamiz. So'ng xamirni quyib, 180 C darajada qizigan pechda 40-50 daqiqa davomida pishirib oalmiz.
Keksni avval sovutib, so'ng qolipidan ajratib olamiz.
Xohishga qarab, ustini shokoladli glazur yoki shakar upasi bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Instagramdagi rasmiy kanal: goldencorn_uz
Facebookdagi rasmiy kanal: Golden Corn
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
180 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
240 millilitr kefir | |
120 millilitr "Golden Corn" makkajo'xori yog'i | |
400 gramm qovoqli pyure | |
1 ta apelsin po'sti | |
300 gramm un | |
2 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq to'la bo'lmagan iste'mol sodasi | |
1 choy qoshiq dolchin | |
0.5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
100 gramm mayiz |