fbpx
Rediskali nordongina salat

Rediskali nordongina salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ko’pchilik oddiy rediskadan tayyorlaniladigan salat unchalik mazali bo’lmasa kerak deb o’ylashadi. Ammo, mana bunday salat sizning bu fikringizni o’zgartirib yuborishi aniq.

Tez va oson tayyorlaniladigan bunday salat ishtahani ochib, har qanday taom bilan ham yaxshi ketadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

1 bog' salat bargi
5-6 ta marinadlangan bodring yoki tuzlangan
1 bog' kashnich
1 bosh katta bo'lmagan piyoz
2 osh qoshiq olma sirkasi
ozroq o'simlik yog'i
ta'bga qarab xushbo'y qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Piyozni yupqa parrak qilib to'g'raymiz va olmali sirkada 10 daqiqa davomida ivitib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bodring va rediskani ham yupqa parrak qilib to'g'rab olamiz. Salat bargini esa qo'lda bo'lib-bo'lib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tog'orachaga rediska, bodring, salat bargi, mayda to'g'ralgan kashnich va piyozni solamiz. O'simlik yog'i qo'shib, ta'bga qarab, tuz va murch sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 bog' salat bargi
5-6 ta marinadlangan bodring yoki tuzlangan
1 bog' kashnich
1 bosh katta bo'lmagan piyoz
2 osh qoshiq olma sirkasi
ozroq o'simlik yog'i
ta'bga qarab xushbo'y qora murch
oldingi
Tovuqdan tayyorlangan paprikash
keyingi
Dolchin va kakaoli rogaliklar

Fikringiz