Videoretsept: oshirma xamirdan tayyorlangan jemli rulet
Masalliqlar:
-
500 millilitr iliq sut
-
2 ta tuxum
-
6 gramm quruq xamirturush
-
150 gramm shakar
-
100 millilitr o'simlik yog'i
-
0,5 choy qoshiq vanil shakari
-
800-900 gramm un
-
200 gramm quyuq jem
Yo’nalishlar
Oilaviy choy ichishlar uchun doimo jemli rulet pishirish mumkin, hoxush bo’lsa bas. Bunday pirogdan hatto ko’z uzish qiyin.
Mayin yumshoq, do’mboq va ishtahaochar bo’lib, hamda qizarib pishadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 500 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 millilitr iliq sut | |
2 ta tuxum | |
6 gramm quruq xamirturush | |
150 gramm shakar | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
0,5 choy qoshiq vanil shakari | |
800-900 gramm un | |
200 gramm quyuq jem |
Idishga iliq sut, xamirturush, shakar va vanil shakari solib, aralashtiramiz.
So'ngra o'simlik yog'i va tuxum solib, aralashtiramiz.
Hosil bo'lgan massaga unni yarimini solib, yaxshilab aralashtiramiz. So'ngra qolganini ham oz-ozdan solib, xamir qoramiz. Yumshoq xamir hosil bo'lishi lozim.
Idishni o'simlik yog'i bilan yog'lab, xamirni solamiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, issiq joyga 40 daqiqaga yuboramiz.
Oshgan xamirni pergament qog'ozi ustida 0,2 sm qalinlikda yoyamiz.
Pirogning o'rtasiga jem solib, tekkislaymiz. Rulet shaklida o'rab, videoda ko'rsatilganidek 1,5 - 2 sm qalinlikda kesib chiqamiz.
So'ngra ustiga sochiq yopib, 15 daqiqaga qoldiramiz.
Masalliqlar:
500 millilitr iliq sut | |
2 ta tuxum | |
6 gramm quruq xamirturush | |
150 gramm shakar | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
0,5 choy qoshiq vanil shakari | |
800-900 gramm un | |
200 gramm quyuq jem |