fbpx
Povidloli oshirma pirog

Povidloli oshirma pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Povidlo solib pishiriladigan xamirturushli pirog juda mazali bo’lib pishadi va juda oson tayyorlaniladi.

Tayyorlangandan so’ng ham bir necha kungacha saqlanishi bilan boshqa pishiriqlardan ajralib turadi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 20 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

450 gramm un
50 gramm yumshatilgan sariyog'
50 gramm o'simlik yog'i
10 gramm quruq xamirturush
250 millilitr sut
5 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
200 gramm povidlo
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i + 1 ch.q. suv
Qadam 1
Tugllandi

Sutni taxminan 40 C gacha ilitib olamiz va ustidan xamirturush, 1 choy qoshiq shakarni solamiz. Aralashtirib, iliq joyga ustini yopib, 10 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Xamirturushli aralashma ustidan shakar, vanil shakari, eritilgan sariyog' va o'simlik yog'ini solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Unni sepib, yumshoqina xamir qorib olamiz.

Xamirni kattaroq idishga olib, ustini yopamiz va iliq joyga 40-50 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirni ikkiga bo'lamiz. Birinchisi ikkinchisiga qaraganda kattaroq bo'lishi lozim. Kattaroq qismini 5 mm qalinlikda yoyib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Ustidan povidloni surtib chiqamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Ikkinchi xamir bo'lagini ham yoyib, undan har xil shaklchalar kesib olamiz va pirog ustini bezatamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Pirogni iliq joyda 25-30 daqiqa qoldirib, so'ng 175 C darajada qizigan pechda 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

450 gramm un
50 gramm yumshatilgan sariyog'
50 gramm o'simlik yog'i
10 gramm quruq xamirturush
250 millilitr sut
5 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
200 gramm povidlo
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i + 1 ch.q. suv
oldingi
Tovuq va pomidorli kish
keyingi
Videoretsept: Qulupnayli pechenyelar

Fikringiz