Videoretsept: tvorogli pishloq bilan qovoqchadan ruletlar
Masalliqlar:
-
1 ta piyoz
-
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
400 gramm mol go'shtidan qiyma
-
350 millilitr o'z sharbatiga yopilgan pomidorlar
-
1 choy qoshiq tuz
-
0, 5 choy qoshiq qora murch
-
2 choy qoshiq oregano
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
20 millilitr o'simlik yog'i
-
2 ta qovoqcha
-
120 gramm tvorogli pishloq
-
2 osh qoshiq limon sharbati
-
10 gramm parmezan pishlog'i
Yo’nalishlar
Ajoyib ta’mli, tez va oson tayyorlanadigan pomidor va go’shtli qayla ustida tvorogli pishloq bilan qovoqchadan rulet. Bu taom ham har kungi, ham bayram dasturxoni bezagi bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
1 ta piyoz | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
400 gramm mol go'shtidan qiyma | |
350 millilitr o'z sharbatiga yopilgan pomidorlar | |
1 choy qoshiq tuz | |
0, 5 choy qoshiq qora murch | |
2 choy qoshiq oregano | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
20 millilitr o'simlik yog'i | |
2 ta qovoqcha | |
120 gramm tvorogli pishloq | |
2 osh qoshiq limon sharbati | |
10 gramm parmezan pishlog'i |
Piyozni kubik shaklida to’g’raymiz. Sarimsoqpiyozni presslaymiz.
Tovada o’simlik yog’ini qizdiramiz. Piyoz va sarimsoqpiyoz solib qizartirib qovuramiz.
Qiyma va ziravorlarni qo’shib, qiyma qizarguncha qovuramiz.
Tozalangan va maydalangan pomidorlarni sharbati bilan qo’shib, aralashtiramiz va o’rtacha olovda 15 daqiqa davomida dimlaymiz.
Qovoqchalarni yaxshilab yuvamiz va bir tomonini, kesish qulay bo’lishi uchun, tozalab olamiz. Katta pichoq yordamida qovoqchalarni ingichka qilib parraklarga kesamiz (0,5 smdan qalin bo’lmasligi kerak).
Chuqur idishda pishloqli tvorogni sanchqida ezib olamiz. Unga limon sharbati, va oregani qo’shib aralashtiramiz.
Ingichka kesilgan qovoqcha parragining qalin chetiga 2 choy qoshiq tvorogli pishloqdan solib, rulet shaklida o’raymiz. Darcha bo’laklarni shunday qilib rulet holatiga keltiramiz.
Pech uchun qolipga qiymali qaylani solamiz. Ustiga ruletchalarni terib, parmezan pishlog’ini qirg’ichdan o’tkazamiz.
Masalliqlar:
1 ta piyoz | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
400 gramm mol go'shtidan qiyma | |
350 millilitr o'z sharbatiga yopilgan pomidorlar | |
1 choy qoshiq tuz | |
0, 5 choy qoshiq qora murch | |
2 choy qoshiq oregano | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
20 millilitr o'simlik yog'i | |
2 ta qovoqcha | |
120 gramm tvorogli pishloq | |
2 osh qoshiq limon sharbati | |
10 gramm parmezan pishlog'i |