fbpx
  • Asosiy
  • Videoretsept: tvorogli ko’ptokchalarga boy shokoladli pirog
Videoretsept: tvorogli ko’ptokchalarga boy shokoladli pirog

Videoretsept: tvorogli ko’ptokchalarga boy shokoladli pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agarda siz kundalik hayotingizni shokoladli shirinliklarsiz tasavvur qila olmasangiz, unda tvorogdan qilingan ko’ptokchalarga boy shokoladli pirogning retsepti ko’nglingizga manzur kelishi aniq.Tvorog va kakos  aralashgan asos hamda serob shokoladli biskvitning uyg’unlashuvi bu pishirig’imizga takrorlanmas ta’m hadya etadi. 

Agarda pirogimizni bodom yormasi yoki ingichka qotgan shokolad tolalari bilan bezatsak-bayramona desertimiz ham tayyor bo’ladi.

Pirogni tayyorlash uchun taxminan 20 000 so’m talab etiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Tvorogli ko'ptokchalar uchun:
250 gramm 5-9 % li tvorog
2 tuxum sarig'i
60 gramm shakar
50 gramm kokos qirindisi
1 osh qoshiq kraxmal
shokoladli biskvit uchun:
5 tuxum
80 gramm shakar
50 gramm eritilgan shokolad
2 osh qoshiq bug'doy uni
2 osh qoshiq kraxmal
3 osh qoshiq kakao kukuni
bir chimdim tuz
1 o'ram vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma
Qadam 1
Tugallandi

Tvorogni shakar, kokos, tuxum sarig'i va kraxmal bilan aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Masalliqlarni bir massaga kelgunicha yaxshilab aralashtirib, kichik ko'ptokchalar yasab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxumlarning oqini sarig'idan ajratib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxum sarig'ini 50 garamm shakar va vanilin bilan to bir tekis, och rangli massaga aylangunicha ko'pirtiramiz. So'ng eritilgan shokoladni qo'shib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Elangan un, kraxmal, qabartma,kakao va tuzni shokoladli aralashmamizga qo'shamiz va yaxshilab atalaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Alohida idishda tuxumlar oqini 30 gramm shakar bilan ko'pirtiramiz. Massamiz qattiq ko'pik holiga kelishi kerak.

Qadam 7
Tugallandi

Tuxum oqini asta-sekinlik bilan shokoladli massamizga qo'shamiz. Qo'shish uchun qoshiqni tepadan pastga qilib harakatlantiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

22 smlik qolipni yog'lab olamiz. Qolipning ichiga avval tvorogli ko'ptokchalarimizni taxlab chiqamiz, so'ng ustidan shokoladli aralashmamizni quyamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Biskvitni 180 darajada qizib turgan gaz pechiga qo'yib, 30 daqiqa davomida pishiramiz. Pirog tayyor bo'lgach, yaxshilab sovutib olamiz va xohishga ko'ra ustidan shokoladli glazur quyamiz yoki bezatamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Tvorogli ko'ptokchalar uchun:
250 gramm 5-9 % li tvorog
2 tuxum sarig'i
60 gramm shakar
50 gramm kokos qirindisi
1 osh qoshiq kraxmal
shokoladli biskvit uchun:
5 tuxum
80 gramm shakar
50 gramm eritilgan shokolad
2 osh qoshiq bug'doy uni
2 osh qoshiq kraxmal
3 osh qoshiq kakao kukuni
bir chimdim tuz
1 o'ram vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma
oldingi
Quritilgan olxo’ri va dimlangan mol go’shtidan tayyorlangan taom
keyingi
Kievcha kotletlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.