Videoretsept: Tvorogli galeta
Masalliqlar:
-
350 gramm un
-
1 choy qoshiq tuz
-
1.5 choy qoshiq qabartma
-
150 millilitr kefir
-
150 gramm sariyog'
-
Asosiga:
-
500 gramm tvorog
-
5-6 osh qoshiq shakar
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
1 osh qoshiq bug'doy yormasi
-
3 ta tuxum
-
200 granm qaymoq
Yo’nalishlar
Galeta – mazali va turli xil pishiriqlar tayyorlashning ajoyib ko’rinishi bo’lib, uning ichiga har xil masalliqlardan solish mumkinligi quvontiradi. Bugun esa bizlar tvorog bilan pishiriladigan mayin ta’mli galeta tayyorlash videoretseptini taqdim etamiz.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 27 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
350 gramm un | |
1 choy qoshiq tuz | |
1.5 choy qoshiq qabartma | |
150 millilitr kefir | |
150 gramm sariyog' | |
Asosiga: |
|
500 gramm tvorog | |
5-6 osh qoshiq shakar | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq bug'doy yormasi | |
3 ta tuxum | |
200 granm qaymoq |
Unni elab, tog'orachaga solamiz. Ustidan tuz va qabartmani solib aralashtiramiz. Sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib solamiz va yaxshilab ishqalaymiz.
Unning ustidan kefirni solamiz va qo'lda yaxshilab aralashtirib xamir qoramiz. Yumshoq, qo'lga yopishmaydigan xamir hosil bo'ladi.
Xamirni aylana shaklga keltirib, yelim qog'ozga solib, 30 daqiqa sovutichga olib qo'yamiz.
Tvorogga shakar, tuxum sarig'i, tuz va bug'doy yormasini solamiz va blenderda maydalab olamiz.
Qaymoqni alohida ko'pirtirib, so'ng tvorog bilan aralashtirib olamiz.
Xamirni olib, qolipdan sal kattaroq qilib yoyamiz. Qolipga joylashtirib, ichiga tvorogli aralashmani solamiz. Ortgan xamir chetlarini tepaga qilib buklaymiz. Chetki xamirlar ustiga tuxum sarig'idan surtamiz.
175 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.