Videoretsept: tvorogdan tayyorlangan xamirturushsiz kulich
Masalliqlar:
-
xamiri uchun
-
125 gramm sariyog'
-
125 gramm yumshoq tvorog
-
100 gramm shakar
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
1 ta tuxum
-
1 choy qoshiq apelsin sedrasi
-
40 millilitr apelsin sharbati
-
280 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
120 gramm mayiz
-
glazuri uchun
-
1 choy qoshiq jelatin
-
40 millilitr suv
-
90 gramm shakar
-
1 choy qoshiq vanil shakari
Yo’nalishlar
Bu kulichning eng tez tayyorlanadigan retseptlaridan biri bo’lib, tvorogdan tayyorlanadigan ushbu kulichlar juda mazali, mayin va qolaversa, apelsin sedrasi va sharbati tufayli juda xushbo’y bo’lib pishadi.
Kulichlarni ham kulichlarga mo’ljallangan qoliplarda, ham maffinlarga mo’ljallanggan qoliplarda pishirish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 36 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
125 gramm sariyog' | |
125 gramm yumshoq tvorog | |
100 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq apelsin sedrasi | |
40 millilitr apelsin sharbati | |
280 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
120 gramm mayiz | |
glazuri uchun |
|
1 choy qoshiq jelatin | |
40 millilitr suv | |
90 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari |
Xamir tayyorlaymiz:
Mayizni yuvib, qaynoq suvga 20 daqiqaga bo'ktirib qo'yamiz.
Sariyog'ni shakar va vanil shakari bilan yorqin krem shaklga kelgunicha ko'pirtiramiz.
So'ngra tuxum, tvorog, apelsin sedrasi va apelsin sharbatini solib, yana 1 daqiqa ko'pirtiramiz. Un va qabartma solib, xamir qoramiz.
Mayizni suvini to'kib, 1 osh qoshiq un solamiz va aralashtiramiz.
Un mayiz xamirga yaxshi kirishib ketishi uchun solinadi.
So'ngra mayizni xamirga solib, aralashtiramiz. Xamirni teng 2 ga bo'lamiz.
Diametri 9 smga ega kulich uchun qolipga xamirni solamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga yuboramiz (tayyor bo'lganini taxta tayoqcha yordamida tekshirib ko'ramiz). Sovutib, qolipdan bo'shatamiz (qoldirsa ham bo'ladi).
Glazur tayyorlaymiz:
Jelatinga suvning 20 millilitrini quyib, ishishi uchun tahminan 10-15 daqiqaga qoldiramiz.
Idishga qolgan suvni quyib, shakar va vanil shakarini solamiz va olovga qo'yib, qayanatamiz. Shakar erishi kerak.
Olovdan olib, ishgan jelatinni solamiz va jelatin erimagunicha aralashtiramiz.
Qaynoq massani mikser yordamida oppoq ko'pik holiga kelgunicha ko'pirtiramiz.
Maslahat: ushbu glazur sovuganidan so'ng, yopishqoqligini yo'qotadi, shuning uchun glazurni kulichga suritgan payt bezak sepish kerak.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
125 gramm sariyog' | |
125 gramm yumshoq tvorog | |
100 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq apelsin sedrasi | |
40 millilitr apelsin sharbati | |
280 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
120 gramm mayiz | |
glazuri uchun |
|
1 choy qoshiq jelatin | |
40 millilitr suv | |
90 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari |