fbpx
Videoretsept: tvorog va pishloqli ravioli

Videoretsept: tvorog va pishloqli ravioli

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • asosi uchun

Yo’nalishlar

Tvorog va pishloqli ravioli – italiya oshxonasining klassikasi hisoblanadi. Mazali asosga ega to’rtburchaklar dasturxonni chinakamiga bezab turadi.

Ularni tayyorlash juda oson bo’lib, har birini bittadan tugip chiqishning hojati yo’q. Buni qanday tayyorlashni esa bizning videoretseptimizdan bilib oling.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
2 ta tuxum
3-4 osh qoshiq suv
200 gramm un
bir chimdim tuz
asosi uchun
100 gramm tvorog
100 gramm pishloq
1 ta tuxum
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishda tuxum, bir chimdim tuz va suvni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Katta idishga unni elab, tuxumli aralashmani quyamiz. Xamir qoramiz.

Xamirni 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Tvorog, qirg'ichdan chiqarilgan pishloq, tuxum va bir chimdim tuzni aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni ikkiga bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Har bir bo'lakni yupqa qilib (2 mm) yoyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir chetidan 4 sm joy qoldirib, asosini qo'yib chiqamiz va videoda ko'rsatilganidek, xamirning bo'sh tomoni bilan asos qo'yilgan tomoni ustini yopamiz.

So'ngra naqshli pichoq yordamida bo'laklarga bo'lib olamiz. Qolgan xamir bo'lagi va asosini ham shu tarzda tayyorlaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Raviolilarni qaynab turgan tuzli suvda 6-7 daqiqa davomida pishirib olamiz. Issiq paytida smetana bilan dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Homiy Invento bolalar bog'chasi (Invento International School)

Sayt: invento.uz
Telegram: t.me/inventouz
Instagram: instagram.com/inventouz
Facebook: facebook.com/inventouz

Telefon: 71 210 9999
Manzil: Shayxontoxur tumani, Furqat ko'chasi, Tashkent City

reklama huquqi asosida

  • 1 soat
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
2 ta tuxum
3-4 osh qoshiq suv
200 gramm un
bir chimdim tuz
asosi uchun
100 gramm tvorog
100 gramm pishloq
1 ta tuxum
bir chimdim tuz
oldingi
Qozonda pishirilgan qiyma-kabob
keyingi
Shakarli olmali pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.