Yashil loviya bilan dimlab pishirilgan mol go’shti

Yashil loviya bilan dimlab pishirilgan mol go’shti

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yashil loviya va mol go’shtidan dimlab pishiriladigan juda foydali taomdan tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz. Hozir yashil loviyaning mavsumi bo’lib, undan to’yib iste’mol qishimiz kerak.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 37 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shti
500 gramm yashil loviya
2 ta kartoshka
2 ta piyoz
2 ta pomidor
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
30 gramm sariyog'
yarim bog' kashnich
bir nechta yalpiz yaproqchalari
Qadam 1
Tugllandi

Go'shtni 3-4 sm kattalikda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Piyozni yarim halqa qilib to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Yashil loviyani ikkita uchini kesib tashlab, o'zini esa 2-3 ga bo'lamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Pomidorlarni ikkiga bo'lib, qirg'ichdan chiqarib olamiz, po'stini esa tashlab yuboramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qozonga o'simlik yog'i va sariyog'ni solib qizdiramiz. So'ng go'shtni qizarguniga qadar qovurib olamiz. Ustidan piyozni solib, piyoz yumshagunicha birga qovuramiz.

So'ng go'shtni sal ko'mgunicha qaynoq suv quyib, qopqog'ini yopamiz va past olovda 30 daqiqa dimlab pishiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

So'ng pomidorni solib, 10 daqiqa dimlab pishiramiz.

Keyin esa yashil loviyalarni solib, ularni biroz ko'mgunicha qaynoq suv quyamiz. Qaynash boshlangandan so'ng esa, 5 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 7
Tugllandi

Kartoshkani ham xuddi go'sht kattaligidek to'g'rab, qozonga solamiz va yumshaguniga qadar pishiramiz.

Oxirida to'g'ralgan kashnich, yalpiz va sarimsoq piyozni solamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shti
500 gramm yashil loviya
2 ta kartoshka
2 ta piyoz
2 ta pomidor
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
30 gramm sariyog'
yarim bog' kashnich
bir nechta yalpiz yaproqchalari
oldingi
Limon-laymli tart
keyingi
Falafel’ (no’xatli koptokchalar)

Fikringiz