fbpx
Videoretsept: tuxumli ramyon

Videoretsept: tuxumli ramyon

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Ramyon — butun dunyoga mashxur yapon taomi. Bu mazali va to’yimli sho’rva asosida bulyon, lapsha, tuxum va ko’k piyoz, va xohishga ko’ra qo’shimchalar. Ramyon sayohatchilar va yangi ta’mlarni sevuvchilarni befarq qoldirmaydi, va albatta osiyo oshxonasi ishqibozlariga yoqadi. 

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. 

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    250 gramm mol go'shti
    1 litr suv
    2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
    20 gramm zanjabil
    1 bog' ko'k piyoz
    1 ta bulg'or qalampiri
    3 ta tuxum
    250 gramm ramyon uchun lapsha
    30 millilitr soya qaylasi
    3 choy qoshiq tuz
    10 gramm shakar
    Qadam 1
    Tugallandi

    Masalliqlarni tayyorlaymiz

    Bulg’or qalampirini somoncha shaklida tog’raymiz. Zanjabilni tozalab, yupqa dumaloqchalarga kesamiz. Ko’k piyoz va sarimsoqpiyozni maydalaymiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Go’shtni yupqa kesamiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Bulyon pishiramiz

    Go’shtni qozonchaga solib, ustiga sovuq suv quyib qaynatamiz. Ko’pigini olib tashlaymiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Sarimsoqpiyoz, zanjabil, ko’k piyoz va tuz qo’shamiz. O’rtacha olovda 20-25 daqiqa davomida qaynatamiz. Pishgandan so’ng zanjabilni olib tashlaymiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Go'sht qovuramiz

    Go’shtni chiqarib olib, ikki tomonini o’simlik yog’ida 5-7 daqiqa davomida qovuramiz. Shakar va soya qaylasi qo’shib qovuramiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Lapsha pishiramiz

    Lapshani tuzli suvda qaynatamiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Tuxum pishiramiz

    Tuxumni, suv qaynaganidan so’ng, 6 daqiqa davomida pishiramiz. Pishgan tuxumni ikkiga bo’lamiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Ramyon tayyorlaymiz

    Chinniga lapsha, bulg’or qalampiri, go’sht bo’laklari, tuxumni solib, ustiga sho’rvani quyamiz.

    Qadam 9
    Tugallandi

    Ustini ko’k piyoz va kunjut bilan bezatib, issiq holatida dasturxonga tortamiz.

    Yoqimli ishtaha!

    • 2 soat
    • Portsiya 3
    • O’rtacha

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    250 gramm mol go'shti
    1 litr suv
    2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
    20 gramm zanjabil
    1 bog' ko'k piyoz
    1 ta bulg'or qalampiri
    3 ta tuxum
    250 gramm ramyon uchun lapsha
    30 millilitr soya qaylasi
    3 choy qoshiq tuz
    10 gramm shakar
    oldingi
    Videoretsept: 2 ta masalliqdan brauni
    keyingi
    Videoretsept: «Kordon Blyu» tovuqli ruletchalari

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.