fbpx
Videoretsept: tuxum va ko’k piyozli pirojkalar

Videoretsept: tuxum va ko’k piyozli pirojkalar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Mazzali, to’yimli va yumshoq ko’k piyoz va qaynatilgan tuxumli pirojkalar. Ular ham to’yimli nonushta, ham mazzali tushlik uchun to’g’ri keladi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
250 millilitr iliq suv
5 gramm quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
70 millilitr o'simlik yog'i
500 gramm un
Nachinka uchun
9 ta qaynatilgan tuxum
3 bog' ko'k piyoz
15 gramm sariyog'
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Chuqur idishga iliq suvni quyamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirturush va shakar qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuz va o’simlik qo’shib yana aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oz-ozdan un qo’shib xamir qoramiz. Xamirni un sepilgan stolga olib, yaxshilab qoramiz. Xamir stol va qo’lga yopishmasligi kerak, taxminan 7 daqiqa davomida qorish kerak.

Qadam 5
Tugallandi

Idishga biroz o’simlik yog’i surtib, ichiga xamirni solamiz. Plyonka bilan berkitib, 2 soatga iliq joyga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ko’k piyozni mayda to’g’rab, sariyog’da 3 daqiqa davomida qovurib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tuxumlarni 7-8 daqiqa davomida qaynatamaiz. Sovuq suvga solib sovutamiz, tozalab mayda kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Idishda qovurilgan ko’k piyoz, tuxum va ziravorlarni aralashtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirni, unlangan stolga, chiqaramiz. Qo’llarni biroz unlaymiz yoki yo’glaymiz. Xamirni 15 ta bir xil dumaloqchaga bo’lamiz, va qurib qolmasligi uchun sochiq bilan berkitamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xar bil bo’lakni dumaloq qilib yoyamiz, va o’rtasiga 1 osh qoshiq nachinka solamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Istagan shaklda pirojka yasaymiz va chetlarini chimchilab qo’yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pirojkalarni pergament qog’ozi solingan listga terib, sochiq bilan berkitib 40 daqiqaga ko’tarilishi uchun qoldiramiz. O’rtasida masofa qoldirishni unutmang, chunki ular pishayotganda ishadi.

Qadam 13
Tugallandi

Tuxum sarig’i va suvni sanchqi bilan aralashtirib, pirojkalar ustiga surtamiz.

Qadam 14
Tugallandi

220С gacha qizdirilgan pechga 18 - 20 daqiqaga qo’yamiz. Pirojkalar qizarishiga qarang.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 15
  • O’rtacha
  • 210C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
250 millilitr iliq suv
5 gramm quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
70 millilitr o'simlik yog'i
500 gramm un
Nachinka uchun
9 ta qaynatilgan tuxum
3 bog' ko'k piyoz
15 gramm sariyog'
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
oldingi
Videoretsept: kartoshkali bulochkalar
keyingi
Pomidorlik sariyog’

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.