fbpx
Pomidorlik sariyog’

Pomidorlik sariyog’

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pishirilgan pomidorli sariyog’ning oson tayyorlanish usuli. Bunday sariyog’ni qovurilgan non ustiga surtish, spagetti bilan aralashtirish mumkin. Shuningdek u baliq va krevetkalar bilan ham mazzali bo’ladi.Tayyor taomning taxminiy narxi – 22 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm pomidor cherry
200 gramm yumshatilgan sariyog'
1 bog' yashil rayhon
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0,5 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq oregano
0,5 choy qoshiq achchiq qizil qalampir kukuni
Qadam 1
Tugallandi

Pomidorlarni patnisga qo’yib 200C gacha qizdirilgan pechga 8-10 daqiqaga qo’yamiz. Pomidorlarning sharbati chiqadi.

Qadam 2
Tugallandi

Tayyor pomidorlarni pechdan chiqarib, butunlay sovutamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Blenderga pomidorlarni, rayhon barglarini, maydalangan sarimsoqpiyoz va ziravorlarni solib maydalaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Yumshatilgan sariyog’ni qo’shib, bir-biri bilan uyg’unlashigacha blenderlaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor pomidorli sariyog’ni darrov ishlatish mumkin, yoki qopqoqli konteynerda sovutgichda saqlaymiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy
  • 200C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm pomidor cherry
200 gramm yumshatilgan sariyog'
1 bog' yashil rayhon
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0,5 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq oregano
0,5 choy qoshiq achchiq qizil qalampir kukuni
oldingi
Videoretsept: tuxum va ko’k piyozli pirojkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.