Videoretsept: turshak va olxo’rili rogaliklar
Masalliqlar:
-
200 gramm sariyog'
-
100 gramm smetana
-
350-400 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
100 gramm turshak
-
100 gramm quritilgan olxo'ri
-
ustiga sepish uchun shakar upasi
Yo’nalishlar
Quritilgan mevalar bilan to’ldirilgan rogaliklar yumshoq va qarsildoq bo’lib chiqib, shakarsiz ham juda mazali bo’ladi. Bunday rogaliklar uchun xamir retsepti esa juda oddiy.
Quritilgan mevalar – nachinka uchun eng zo’r tanlov, chunki bunday nachinkaning suvi chiqib ketmaydi, rogaliklar ham oson tayyorlanadi va mazali bo’lib pishadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm sariyog' | |
100 gramm smetana | |
350-400 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
100 gramm turshak | |
100 gramm quritilgan olxo'ri | |
ustiga sepish uchun shakar upasi |
Nachinka tayyorlaymiz:
Turshak va olxo'rini 10 daqiqaga qaynoq suvga bo'ktirib qo'yamiz.
So'ngra suvini to'kib, go'sht maydalagichdan o'tkazamiz.
Xamir tayyorlaymiz:
Idishga un solib, ustiga sariyog'ni qirg'ichdan o'tkazamiz va qo'lda ishqalab, qumoq shakliga keltiramiz.
So'ngra smetana solib, yumshoq xamir qoramiz. Xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, 20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Sovugan xamirni un sepilgan stolda yupqa qilib, 0,3-0,5 sm qalinlikda yoyamiz.
Yoyilgan xamirni videoda ko'rsatilganidek uchburchaklarga kesib, qalin tomoniga nachinka solib, rogalik hosil qilib o'raymiz.
Rogaliklarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-35 daqiqaga yuboramiz.
Tayyor rogaliklarni sovutib, shakar upasi sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
ISHONCH do'konlar tarmog'i sizni uy-ro'zg'or buyumlarining katta tanlovi bilan quvontiradi.
Instagram-dagi rasmiy sahifa: @ishonchsavdouz
Rasmiy Telegram sahifasi: ISHONCH mijozlari
Rasmiy Facebook sahifasi: @ishonchsavdouz
reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
200 gramm sariyog' | |
100 gramm smetana | |
350-400 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
100 gramm turshak | |
100 gramm quritilgan olxo'ri | |
ustiga sepish uchun shakar upasi |