fbpx
Videoretsept: turkcha pechenye «Shekerpare»

Videoretsept: turkcha pechenye «Shekerpare»

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • Qiyom uchun

    Yo’nalishlar

    Shekerpare — qiyom bilan qoplangan turkcha pishiriq. Pechenye yumshoq, mayin va juda shirin bo’lib pishadi. Bu ajoyib ko’rinish va ta’mga ega pechenye dasturxoningiz bezagi bo’ladi, asosiysi – uni tayyorlash oson. 

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. 

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    250 gramm un
    35 gramm bug'doy yormasi mannaya krupa
    125 gramm eritilgan sariyog'
    5 gramm qabartma (razrixlitel)
    2 ta tuxum
    50 gramm shakar upasi
    30 gramm tozalangan bodom yoki boshqa yong'oq
    Qiyom uchun
    300 gramm shakar
    500 millilitr suv
    yarimta limon sharbati
    Qadam 1
    Tugallandi

    Unni bug’doy yormasi, shakar upasi va qabartma bilan birlashtiramiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Tuxum va eritilgan sariyog’ qo’shamiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Birinchi lopatka yordamida, keyin qo’l bilan aralashtiramiz. Yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

    Muhim: xamirni 5 daqiqa davomida qoramiz, boshqa un qo’shmaymiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Xamirni kichkina, yong’oq xajmidagi, dumaloqchalarga bo’lamiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Dumaloqchalarni qo’lda biroz ezib, o’rtasiga bodomni joylashtiramiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Pechenyeni patnisga terib, 180C darajada 25-30 daqiqada pishiramiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Qiyom uchun shakar bilan suvni birlashtiramiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Qaynagandan so’ng 10 daqiqa davomida, tinmay aralashtirib, qaynatamiz.

    Qadam 9
    Tugallandi

    Limon sharbati quyib yana 5 daqiqa davomida qaynatamiz.

    Qadam 10
    Tugallandi

    Tayyor pechenyeni pechdan chiqarib, chuqur idishga solamiz va ustiga qiyim quyamiz.

    Qadam 11
    Tugallandi

    Pechenye qiyomni shimib olishi uchun 1-2 soatga qoldiramiz.

    Yoqimli ishtaha!

    • 3 soat
    • Portsiya 15
    • O’rtacha
    • 180C

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    250 gramm un
    35 gramm bug'doy yormasi mannaya krupa
    125 gramm eritilgan sariyog'
    5 gramm qabartma (razrixlitel)
    2 ta tuxum
    50 gramm shakar upasi
    30 gramm tozalangan bodom yoki boshqa yong'oq
    Qiyom uchun
    300 gramm shakar
    500 millilitr suv
    yarimta limon sharbati
    oldingi
    Videoretsept: baqlajondan gazak
    keyingi
    Videoretsept: uyda tayyorlanadigan tovuqli gamburgerlar

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.