Videoretsept: Turkcha oshirma xamirli plyushkalar
Masalliqlar:
-
400-450 gramm un
-
180 millilitr sut
-
6 gramm quruq xamirturush
-
1 ta tuxum
-
80 millilitr o'simlik yog'i
-
3 osh qoshiq shakar
-
1.5 choy qoshiq tuz
-
50 gramm yumshatilgan sariyog'
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
-
ustiga sepish uchun shakar
Yo’nalishlar
Mana bunday ajoyib ta’mli bulochkalarni nonushtaga tayyorlash, shuningdek birga o’qish yoki ishga olib borish ham mumkin bo’lib, pishirish jarayoni ham umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Faqat xamir bo’laklariga sariyog’ni ayamasdan, ko’proq surtish tavsiya etiladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
400-450 gramm un | |
180 millilitr sut | |
6 gramm quruq xamirturush | |
1 ta tuxum | |
80 millilitr o'simlik yog'i | |
3 osh qoshiq shakar | |
1.5 choy qoshiq tuz | |
50 gramm yumshatilgan sariyog' | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
ustiga sepish uchun shakar |
Oparasini tayyorlab olamiz.
50 millilitr sutga 1 osh qoshiq shakar va xamirturushni solamiz. Aralashtirib, ko'pirib chiqishi uhcun 15 daqiqaga qoldiramiz.
Unni elab olamiz va ustidan qolgan sut, shakar, tuz, yog' va oparani solamiz. Yumshoq xamir qorib olamiz va ustini yopib, 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.
Oshgan xamirni mushtlab olamiz va 10-12 ta bo'lakka bo'lib chiqamiz.
Xamir bo'laklarini 3 mm qalinlikda, ovalsimon shaklda yoyib chiqamiz. Tepa va pastidan 0.5 sm joy qoldirib, uzunasiga bir nechta tilimlarga bo'lib chiqamiz.
Silikon cho'tka yordamida xamirga yumshoq sariyog'dan ko'proq surtib chiqamiz. Xamirlarni enidan ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz. So'ng esa spiralsimon qilib buklaymiz.
Bulochkalarni 10 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Bulochkalarga sut va tuxum sarig'i aralashmasidan surtamiz va 180 C darajada qizigan pechda 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400-450 gramm un | |
180 millilitr sut | |
6 gramm quruq xamirturush | |
1 ta tuxum | |
80 millilitr o'simlik yog'i | |
3 osh qoshiq shakar | |
1.5 choy qoshiq tuz | |
50 gramm yumshatilgan sariyog' | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
ustiga sepish uchun shakar |