fbpx
Videoretsept: turk somsasi

Videoretsept: turk somsasi

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Yarim oy shaklidagi somsa oilangizning sevimli taomi va bayram dasturxoningizning bezagiga aylanadi. Turk somsasi uchun xamir tez tayyorlanadi, va go’sht va kartoshkalik nachinka bilan a’lo ta’m yaratadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
100 gramm «Milter» margarini
300 gramm smetana
400 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq tuz
Nachinka uchun
400 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta piyoz
3 ta kartoshka
50 millilitr o'simlik yog'i
1 choy qoshiq zira
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Unni elaymiz va ichiga muzdek margarinni qirg’ichdan o’tkazamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Smetana, tuz va qabartma qo’shib xamir qoramiz. Tayyor xamirni 30 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Piyoz va kartoshkani kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sabzavotlarga qiyma, ziravorlar va o’simlik yog’ini qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Somsa tayyorlaymiz

Xamirni 3 ga bo’lamiz. Har bo’lakni dumaloq shaklga keltiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Bir bo’lakni 3 mm qalinlikda yoyamiz. Pichoq bilan eni 3 sm uchburchaklarga kesamiz. Har bir uchburchakni biroz cho’zamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Uchburchakning pastki keng qismini biroz kesib, tepasiga 1 osh qpshiq nachinka solamiz.
Ehtiyotkorlik bilan xamirni tor tomoniga rogalik shaklida o’raymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor somsani pergament qog’ozi solingan patnisga terib chiqamiz. Ustiga tuxum surtib, kunjut sepamiz.

Qadam 9
Tugallandi

180C darajagacha qizdirilgan pechda 30 daqiqa davomida pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida.

Instagram: @Milter
Telegram: t.me/milter_uz
YouTube: Milter/Uzbekistan

  • 1 soat 30 daqiqa
  • Portsiya 16
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
100 gramm «Milter» margarini
300 gramm smetana
400 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq tuz
Nachinka uchun
400 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta piyoz
3 ta kartoshka
50 millilitr o'simlik yog'i
1 choy qoshiq zira
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
oldingi
Batafsil fotoretsept: koreyscha bodring
keyingi
Salqin qahvalik ichimliklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.