Videoretsept: «Tunets va piyoz» pitsasi
Masalliqlar:
-
1 ta tayyor qatlama xamir
-
160 gramm konservalangan tunets balig'i
-
1 ta qizil piyoz
-
100 gramm pishloq
-
ta'bga ko'ra achchiq qizil qalampir kukuni
-
1 choy qoshiq zaytun moyidasturxonga tortish uchun
-
pomidorli qaylasi uchun
-
300 millilitr qaynagan suv
-
200 gramm pomidor
-
1 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar
-
100 gramm petrushka yoki kashnich
-
1 choy qoshiq zaytun moyi
Yo’nalishlar
«MuzaA» tayyor xamiridan tayyorlangan pitsa ko’plab uy bekalari uchun vaqtni tejaydi.
Siz faqatgi asosini tayyorlab, xamirga solsangiz bas, bir necha daqiqadan so’ng pechdan issiqqina bo’lib chiqqan mazali pitsa sizni va yaqinlaringizni xursand qiladi!
Oddiy, mazali va tez – baxt uchun yana nima kerak?
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 ta tayyor qatlama xamir | |
160 gramm konservalangan tunets balig'i | |
1 ta qizil piyoz | |
100 gramm pishloq | |
ta'bga ko'ra achchiq qizil qalampir kukuni | |
1 choy qoshiq zaytun moyi | |
pomidorli qaylasi uchun |
|
300 millilitr qaynagan suv | |
200 gramm pomidor | |
1 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar | |
100 gramm petrushka yoki kashnich | |
1 choy qoshiq zaytun moyi |
Pomidor qaylasini tayyorlaymiz:
Idishda suvni qaynatamiz. Pomidorlarni po'sti oson ajralishi uchun bir ikki joyini kesamiz. Pomidorlarni qaynab turgan suvga solamiz.
30 soniyadan so'ng suvini to'kib tashlab, pomidorlarni po'stidan ajratamiz. Katta bo'laklarga bo'lib, qo'l blenderida maydalaymiz.
Pomidorli aralashmani olovga qo'yib, italyancha ziravorlar sepamiz.
Maydalangan ko'katlar solib, zaytun moyini quyamiz. Qaylani o'rtacha olovda 10 daqiqa pishiramiz.
Tayyor xamirga pomidor qaylasini surtamiz.
Ustiga bir xil qilib, konservalangan tunets balig'ini qo'yib chiqamiz. Ustidan halqa shaklida to'g'ralgan piyoz qo'yib, qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepamiz.
220 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 7 daqiqaga yuboramiz.
Maslahat: dasturxonga tortishdan avval zaytun moyi va achchiq qizil qalampir kukunini sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Instagram-dagi rasmiy sahifa - muza.uzb
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
1 ta tayyor qatlama xamir | |
160 gramm konservalangan tunets balig'i | |
1 ta qizil piyoz | |
100 gramm pishloq | |
ta'bga ko'ra achchiq qizil qalampir kukuni | |
1 choy qoshiq zaytun moyi | |
pomidorli qaylasi uchun |
|
300 millilitr qaynagan suv | |
200 gramm pomidor | |
1 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar | |
100 gramm petrushka yoki kashnich | |
1 choy qoshiq zaytun moyi |