Videoretsept: Guruchni dona-dona qilib pishirish

Videoretsept: Guruchni dona-dona qilib pishirish

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Guruch – butun dunyo bo’yicha keng tarqalgan yeguliklardan biridir. Shu sabab ham bizlar bugun guruchni to’g’ri qaynatish bo’yicha videoretseptni e’tiboringizga havola etamiz.

Bir qarashda guruch qaynatishdan osonroq ish yo’qdek, ammo uning dona-dona bo’lib chiqishi uchun a’zi bir qoidalarga amal qilish lozim bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 5 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

2 osh qoshiq o'simlik yog'i
300 gramm guruch
350 gramm suv
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Guruchni tozalab, yaxshilab yuvib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tovaga yog'ni quyib, qizdirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Guruchni solib, 3-4 daqiqa davomida qovurib olamiz.

Tavsiya: guruch bir xil pishishi uchun uni qovurayotganda muntazam ravishda kovlab turishni unutmang. Aks holda uning bir tomoni qattiqroq bo'lib chiqadi va suvni o'ziga shimdirmasdan, yaxshi pishmay qolishiga sabab bo'ladi.

Qadam 4
Tugllandi

Suvni quyamiz va olovni balandroq qilib, qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Suyuqlikning ⅔ qismi buglanib ketguniga qadar qaynatib pishiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Aralashtirib, qopqog'ini yopamiz va past olovda 5-7 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 osh qoshiq o'simlik yog'i
300 gramm guruch
350 gramm suv
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Uyda tayyorlanilgan eritilgan pishloq
keyingi
Batafsil fotoretsept: Shaftoli-qovunli smuzi

Fikringiz