Pomidorli pesto qaylasi

Pomidorli pesto qaylasi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mashhur italyancha pesto qaylasidan ozroq farq qiluvchi pomidorli pesto qaylasidan tayyorlab ko’rishga qaror qildik.

Asosiy mahsulot bunda quritilgan pomidorlar bo’lib, bu retseptning kelib chiqishi janubiy Italiyaga borib taqaladi. Bunda pomidorning nordonligi va rayhonning xushbo’y isi ajoyib uyg’unlikni tashkil etadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
2 bog'cha yashil rayhon yaproqchalari
100 gramm zaytun moyi
30 gramm qattiq pishloq
1/2 osh qoshiq kedr yong'og'i
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
150 gramm quritilgan pomidor
Qadam 1
Tugllandi

Rayhon barglarini yuvib olamiz va quritib, blender idishiga solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Ustiodan kedr yong'og'i, tuz, sarimsoq piyoz, qattiq pishloqni solib, yog'ni ham quyamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Blender yordamida barchasini maydalab olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Aralashmaga pomidor qoqilarni solib, yana bir bor ezib maydalab olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tayyor bo'lgan qaylani 2-3 kungacha sovutgichda saqlash mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 10 daqiqa
  • Serves 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
2 bog'cha yashil rayhon yaproqchalari
100 gramm zaytun moyi
30 gramm qattiq pishloq
1/2 osh qoshiq kedr yong'og'i
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
150 gramm quritilgan pomidor
oldingi
Malinali vatrushkalar
keyingi
«Tarator» yaxna sho’rvasi

Fikringiz