fbpx
Videoretsept: Tartaletkali desertlar

Videoretsept: Tartaletkali desertlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mazali tartaletkalardan chiroyliroq va mazaliroq shirinlik bo’lmasa kerak, ayniqsa uning tezda tayyorlanilishichi?!

Kichkinagina bu savatchalarni ichini xohlagan mahsulotlar bilan bezatish mumkin bo’lib, masalan, ko’pirtirilgan qaymoq, tvorogli asoslar, meva va rezavor mevalar, quyultirilgan sut va hokazo.

Tayyorlaniladigan yegylikka taxminan  27 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 o'ram tayyor "qum" xamir pesochniy xamir
1 ta sotuvdagi tayyor ko'pirtirilgan qaymoq
200 gramm 5-9 % li tvorog
50 gramm shakar upasi
1 o'ramcha vanil shakari
50-70 gramm xohlagan rezavor mevalar
Qadam 1
Tugallandi

Xamirni sovutgichdan olib, o'ramini ochamiz va ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqa xona haroratida qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Un sepib, xamirni 3-5 mm qalinlikda yoyib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bokal yordamida xamirdan aylana shakllar kesib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni tartaletkalarga mo'ljallangan kichkina qolipchalarga terib chiqamiz va chetlarini sanchiq yoki tishkovlagich bilan biroz bosib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10-12 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pishgan tartaletkalarni olib sovutamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz

Tvorog, shakar upasi, rezavor mevalar va vanilinni blender idishiga solib, maydalab olamiz. Tartaletkalar ichiga solib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xohishga qarab, ustini ko'pirtirilgan qaymoq bilan ham bezatish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @mali_uzb

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Mali_uzb

Reklama huquqi asosida

Muallif: Sitora

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 200 c

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 o'ram tayyor "qum" xamir pesochniy xamir
1 ta sotuvdagi tayyor ko'pirtirilgan qaymoq
200 gramm 5-9 % li tvorog
50 gramm shakar upasi
1 o'ramcha vanil shakari
50-70 gramm xohlagan rezavor mevalar
oldingi
Batafsil fotoretsept: Mak solib pishirilgan biskvitli tort
keyingi
Videoretsept: Uy sharoitida tayyorlangan qatlamali somsa

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.