fbpx
Videoretsept: suli yormasidan pechenye

Videoretsept: suli yormasidan pechenye

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Suli yormasidan nafaqat bo’tqa, balki mazali pechenye ham tayyorlasa bo’ladi. Bunday pechenye qarsildoq, qumoq hamda mazali va foydali bo’lib pishadi.

Bir finjon qahva, choy yoki sutga ajoyib qo’shimcha bo’la oladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
45 gramm suli yormasi uni
100 gramm bug'doy uni
50 gramm shakar upasi
40 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
2 osh qoshiq mayiz maydalangani
2 gramm iste'mol sodasi
1 choy qoshiq quyuq murabbo yoki jem
1 choy qoshiq dolchin
0,5 choy qoshiq tuz
3 osh qoshiq iliq suv
Qadam 1
Tugallandi

Suli yormasini qahva maydalagichda maydalab, un holatiga keltirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Katta idishda yumshagan margarin, shakar, dolchin va maydalangan mayizni yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Iliq suvda tuzni eritib, so'ngra un bilan birga margarinli massamizga solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra murabbo, iste'mol sodasi va elangan bug'doy unini solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir qorib, 10 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni 0,5 -0,7 sm qalinlikda yoyib, qolipcha yoki stakan yordamida pechenyelar kesib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 10-12 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pechenyelarni issiqligida iste'mol qilgan yaxshiroq. Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
45 gramm suli yormasi uni
100 gramm bug'doy uni
50 gramm shakar upasi
40 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
2 osh qoshiq mayiz maydalangani
2 gramm iste'mol sodasi
1 choy qoshiq quyuq murabbo yoki jem
1 choy qoshiq dolchin
0,5 choy qoshiq tuz
3 osh qoshiq iliq suv
oldingi
Shakarli olmali pirog
keyingi
Videoretsept: yasmiqli turkcha krem-sho’rva

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.