fbpx
Baqlajon va rayhonli salat

Baqlajon va rayhonli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Negadir ayni kuzda iliq va shinamgina uyda, oila a’zolari davrasidagi oqshomlarini ko’proq qo’msaymiz. Kechki ovqatga yangilik kiritish maqsadida oson tayyorlanuvchi kuzgi baqlajon va rayhondan qilinadigan salat tayyorlashni taklif qilamiz.

Iliq salatdagi rayhon ifori hech kimni befarq qoldirmaydi. Uni salat sifatida ham, yoki tovuq va mol go’shtidan ovqatlarga gazak sifatida ham tortsa bo’ladi.

Masalliqlar:

1 kilo baqlajon
2-3 ta rayhon yaqroqchalari
3 tishcha sarimsoqpiyoz
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz
2 choy qoshiq 9% li sirka
Qadam 1
Tugllandi

Baqlajonlar yuvilib, po'sti archiladi. Somoncha shaklda to'g'raladi.

Qadam 2
Tugllandi

To’g’ralgan baqlajonlarni 15 daqiqaga tuzli suvga solib qo’ying.

Qadam 3
Tugllandi

Baqlajonlarni qog’oz sochiq yordamida quriting.

Tovada yog’ni yaxshilab qizdiring. Baqlajonlarni tez qizartirib oling. Baqlajonlarni oz-ozdan qovurib olganingiz ma'qul.

Qadam 4
Tugllandi

Rayhon va sarimsoq piyozni mayda to’g’rang. Qovurilgan baqlajonlarga ularni qo’shing. Tabga ko’ra tuz va sirka soling.

Salatni iliqligida ham, sovuq holda ham tortishingiz mumkin.

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo baqlajon
2-3 ta rayhon yaqroqchalari
3 tishcha sarimsoqpiyoz
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz
2 choy qoshiq 9% li sirka
oldingi
Tabule salati
keyingi
Koreyscha go’sht va bodringli salat

Fikringiz