fbpx
Videoretsept: somsa «Trio»

Videoretsept: somsa «Trio»

Masalliqlar:

  • 1-xamir uchun

  • 2-xamir uchun

  • qovoqli asosga

  • tovuqli asos uchun

  • ko'katli asos uchun

Yo’nalishlar

Qarshingizda uchta asosga ega, juda mazali va noodatiy somsa retsepti. Mazali 3 xil asos va qarsildoq xamir – bundanda mazaliroq somsa topish qiyin bizningcha.

Bunday taom bayram stolingizni bezab, sizning pazandalik qobiliyatlaringizni yaqqol ko’rsatib turadi.
Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1-xamir uchun
500 gramm un
220 gramm suv
1 ta tuxum
10 gramm tuz
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
2-xamir uchun
300 gramm un
230 gramm suv
7 gramm tuz
qovoqli asosga
400 gramm qovoq
150 gramm piyoz
50 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
0,5 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq shakar
tovuqli asos uchun
500 gramm tovuq filesi
200 gramm piyoz
0,5 choy qoshiq zira
ta'bga ko'ra tuz va murch
ko'katli asos uchun
1 bog' yalpiz
1 bog' jag'-jag'
1 bog' ismaloq
150 gramm kartoshka 1 ta
150 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Asosiy (1chi) qatlama xamirimizni qorib olamiz. Un, tuzli suv va tuxumni birlashtiramiz. Tayyor bo'lgan xamirni paketga solib, 20-25 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ikkinchi xamirni qorishni boshlaymiz. Tuzli suv, un va tuxumni aralshtiramiz va 20-25 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qovoqli asos tayyorlaymiz.

Qovoqni qirg'ichdan chiqarib, maydalangan piyoz qo'shib, eritilgan sariyog'ni quyamiz.
Tuz va shakar solib aralashtirib, chetga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovuqli asos tayyorlaymiz.

Tovuq go'shtini mayda to'rtburchak shaklida to'g'rab, mayda to'g'ralgan piyozni qo'shamiz. Tuz, murch va zira qo'shib aralashtiramiz va chetga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ko'katli asos tayyorlaymiz.

Ko'katlarni yuvib, to'g'raymiz. Ustidan mayda to'g'ralgan piyoz va kartoshkani qo'shib aralashtiramiz. Tuz va murch qo'shib aralashtiramiz va chetga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Asosiy (qatlama) xamirni yupqa qilib yoyib, ustiga eritilgan margarin suritamiz.
Xamirni rulet shaklida o'rab, paketga solib, muzlatgichga 10 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ikkinchi xamirni 5-7 gramm keladigan bo'lakchalarga bo'lib, paketga solib qo'yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qatlama xamirni muzlatgichdan olib, 12-15 gramm keladigan bo'lakchalarni kesib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Oddiy va qatlama xamir bo'laklarini bir-biriga yopishtirib chiqamiz. Qatlama va oddiy xamir bo'lakchalar soni bir xil bo'lishi kerak.

Qadam 10
Tugallandi

Somsalarni tugamiz.

Qalinligi 0,3-0,5 millimetr keladigan 3 ta bo'lak xamir yoyamiz. Har bir bo'lakga har xil asos solamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Har bir somsani pirojka shakliga keltirib, o'rib chiqamiz va yonidan bir-biriga yopishtirib chiqamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Somsalarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga qo'yib chiqamiz. Ustiga tuxum suritib, kunjut sepamiz.

Qadam 13
Tugallandi

180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz.
Telegram kanaliga a'zo bo'ling: Maselko

  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1-xamir uchun
500 gramm un
220 gramm suv
1 ta tuxum
10 gramm tuz
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
2-xamir uchun
300 gramm un
230 gramm suv
7 gramm tuz
qovoqli asosga
400 gramm qovoq
150 gramm piyoz
50 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
0,5 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq shakar
tovuqli asos uchun
500 gramm tovuq filesi
200 gramm piyoz
0,5 choy qoshiq zira
ta'bga ko'ra tuz va murch
ko'katli asos uchun
1 bog' yalpiz
1 bog' jag'-jag'
1 bog' ismaloq
150 gramm kartoshka 1 ta
150 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Tvorogli pirog
keyingi
Tovuq va pishloqli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.