Videoretsept: smetanali krem suritilgan quymoqli tort
Masalliqlar:
-
550 millilitr sut
-
240 gramm un
-
120 gramm shakar upasi
-
2 ta tuxum
-
30 gramm kakao kukuni
-
50 gramm sariyog'
-
bir chimdim tuz
-
krem uchun
-
660 gramm 20% yog'li smetana
-
20 gramm jelatin
-
150 millilitr sut
-
150 gramm shakar upasi
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
ta'bga ko'ra rezavor mevalar
-
bezak uchun shokolad
Yo’nalishlar
Hech bo’lmaganda bir marotaba smetali krem suritilgan quymoqli tortni tanavvul qilib ko’rsangiz, u sizning sevimli desertingizga aylanishi aniq.
U oddiy tayyorlanib, pishirishni talab qilmasligiga qaramay juda ham mazali shirinlik hisoblanadi.
Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
550 millilitr sut | |
240 gramm un | |
120 gramm shakar upasi | |
2 ta tuxum | |
30 gramm kakao kukuni | |
50 gramm sariyog' | |
bir chimdim tuz | |
krem uchun |
|
660 gramm 20% yog'li smetana | |
20 gramm jelatin | |
150 millilitr sut | |
150 gramm shakar upasi | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
ta'bga ko'ra rezavor mevalar | |
bezak uchun shokolad |
Quymoq tayyorlaymiz
Idishga barcha quruq mahsulotlarni solamiz: un, shakar upasi, kakao kukuni va tuz.
Boshqa idishga tuxum chaqib, sut va eritilgan sariyog'ni quyamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.
Suyuq mahsulotlarga quruq mahsulotlarni qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz.
Xamirni ustini yopib, 20-30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
20-30 daqiqadan so'ng qizigan tovada yupqa quymoqlar pishirib olamiz. (19-20 ta quymoqlar hosil bo'ladi).
Krem tayyorlaymiz.
Jelatinni sovuq sutda 20 daqiqaga bo'ktirib qo'yamiz.
Smetanaga shakar upasi va vanil shakari qo'shib aralashtiramiz.
Jelatin erib ketishi uchun jelatinli sutni ozroq qizdiramiz (qaynab ketmasligi kerak). So'ngra uni smetana va shakar upasi massasiga solamiz.
Yaxshilab aralashtiramiz.
Tortni diametri 20-22 santimetr keladigan halqa yordamida yig'amiz.
Halqani tekkis likopchaga qo'yib, eng tagiga 1 ta yoki 2 ta quymoq qo'yamiz.
So'ngra boshqa quymoqni olib, yonlari baland idishga solamiz. Quymoqni ichiga 2-3 osh qoshiq krem va ta'bga ko'ra meva yoki rezavor mevalar solamiz. Quymoq chetlarini birlashtirib, qopcha hosil qilamiz.
Qopchalar tagiga krem suritib, halqa shaklidagi qolipimizga terib chiqamiz. Shunday tarzda qolipimizni to'ldiramiz (tahminan 9-10 ta quymoq kerak bo'ladi).
Qolgan kremni quymoqlar ustiga suritib, tayyor bo'lgan tortni 3 soatga muzlatgichga yuboramiz.
Masalliqlar:
550 millilitr sut | |
240 gramm un | |
120 gramm shakar upasi | |
2 ta tuxum | |
30 gramm kakao kukuni | |
50 gramm sariyog' | |
bir chimdim tuz | |
krem uchun |
|
660 gramm 20% yog'li smetana | |
20 gramm jelatin | |
150 millilitr sut | |
150 gramm shakar upasi | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
ta'bga ko'ra rezavor mevalar | |
bezak uchun shokolad |