fbpx
Videoretsept: Rojdestvoli poleno

Videoretsept: Rojdestvoli poleno

Masalliqlar:

  • Biskvitiga:

  • Kremiga:

  • Shokoladli ganashiga:

Yo’nalishlar

«Rojdestvoli poleno» ruletidan pishirib, endi bayram dasturxoni atrofida yig’iladigan yaqinlaringizni yanada xushnud qiling! Bizning retsept asosida tayyorlangan rulet juda mayin chiqib, shokolad ta’miga to’yinib pishadi.

«Rojdestvoli poleno» ruletini pishirish Fransiya va Yevropaning boshqa shunga o’xshash davlatlarida ana’ana hisoblanar ekan.

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvitiga:
200 gramm shakar
4 ta tuxum
90 gramm un
30 gramm kakao
1 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
pergament qog'oz ustidan sepish uchun shakar
Kremiga:
180 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
140 gramm "Crafers" sutli shokoladi
35 gramm shakar upasi
Shokoladli ganashiga:
150 gramm "Crafers" qora shokoladi
150 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
Qadam 1
Tugallandi

Biskvitini tayyorlaymiz:

Tog'orachaga tuxum, bir chimdim tuz, shakar va vanil shakarini solamiz. 5-6 daqiqa davomida mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Unga kakao va qabartmani solib aralashtirib olamiz. So'ng tuxumli aralashma ustidan solib, lopatka yordamida ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

35x25 sm kattalikdagi pech patnisiga pergament qog'oz to'shaymiz va xamirni quyamiz. So'ng esa 200 C darajada qizigan pechda 8-10 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Stol ustida korjimiz kattaligida pergament qog'oz olib, ustidan 1 osh qoshiq shakar sepib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pishgan biskvitni olib, ustki qismi bilan shakar sepilgan pergament ustidan qo'yamiz. 10 daqiqa sovushi uchun qoldiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ng ikkita pergament qog'ozlari bilan korjni ruletsimon shaklda o;rab chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kremini tayyorlab olamiz:

Muzdek qaymoqni quyuqlashguniga qadar ko'pirtirib olamiz. So'ng shakar upasini sepib, ustida naqsh(iz)lar paydo bo'lguniga qadar yana ko'pirtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Mikroto'lqinli pech yoki suv bug'ida sutli shokoladni eritib olamiz, sovutamiz va ko'pirtirilgan qaymoq ustidan quyamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Krem ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

30 daqiqadan so'ng biskvitni olib, pergament qog'ozlarni olib tashlab, krem surtamiz va yana ruletsimon shaklda o'raymiz.

Qadam 11
Tugallandi

Ruletni oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, 3 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Ganashini tayyorlaymiz:

Qaymoqni gazga qo'yib, deyarli qaynash darajasiga keltiramiz.

Shokoladni bo'laklarga bo'lamiz. Ustidan qaynoq qaymmoqni quyamiz va 30 soniyaga qoldiramiz. So'ng esa aralashtiirb olamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Ganashni biroz quyuqlashishi uchun 20 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Ruletga ganash surtishdan oldin xona haroratida 20 daqiqaga qoldiramiz. So'ng oshxona lopatkasida ganashni surtib chiqamiz va qoshiq yordamida o'tin (tarashadek) naqsh berib chiqamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Crafers

Reklama huquqi asosida

Muallif: Sitora

  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvitiga:
200 gramm shakar
4 ta tuxum
90 gramm un
30 gramm kakao
1 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
pergament qog'oz ustidan sepish uchun shakar
Kremiga:
180 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
140 gramm "Crafers" sutli shokoladi
35 gramm shakar upasi
Shokoladli ganashiga:
150 gramm "Crafers" qora shokoladi
150 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
oldingi
Parhezbop «Olivye» salati
keyingi
Frikadelka va qizil loviyali sho’rva

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.