fbpx
Videoretsept: quyultirilgan sutli tart

Videoretsept: quyultirilgan sutli tart

Masalliqlar:

  • Asosiga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Mana bunday usti ochiq tart shu darajada tez tayyorlaniladiki, ayniqsa kutilmagan mehmon kelib qolganda sizga qo’l keladi. Tayyorlash uchun esa unchalik ko’p bo’lmagan masalliqlar va juda kam vaqt talab etiladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Asosiga:
100 gramm eritilgan sariyog'
250 gramm pechenye pesochnoe
Asosiga:
3 ta tuxum sarig'i
300 millilitr quyultirilgan sut
150 gramm 25 % va undan ko'proq yog'li smetana
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
Qadam 1
Tugallandi

Pechenyeni blenderda maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ng eritilgan sariyog' solib aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Aylanasi 20-22 sm li qolipga pechenyeli aralashmani solib, qoshiq yordamida tekislab olamiz. Chetlarini esa balandroq, taxminan 2 sm qilib, "devor"(bortik) hosil qilamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Asosini tayyorlab olamiz

Tuxum sarig'ini mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz. So'ng smetana va quyultirilgan sutni solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Kraxmalni ham solib, aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qolipdagi pechenyelar ustidan quyib, 180 C darajada qizigan pechda 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pishgan tartni biroz sovutib, so'ng qolipidan ajratamiz va kesib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Asosiga:
100 gramm eritilgan sariyog'
250 gramm pechenye pesochnoe
Asosiga:
3 ta tuxum sarig'i
300 millilitr quyultirilgan sut
150 gramm 25 % va undan ko'proq yog'li smetana
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
oldingi
Qovurilgan gulkaram
keyingi
Qovoqchali usti ochiq pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.