Qovoqchali usti ochiq pirog

Qovoqchali usti ochiq pirog

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

  • Quymasiga:

Yo’nalishlar

Bahoriy ideal pishiriq retseptini aniqladik! Qovoqchadan tayyorlaniladigan mana bunday nafis va yengil pirogdan siz ham pishirib ko’ring.

Agar uni ko’katlardan qilingan salat bilan birga tortsak, foydali tushlik yoki kechki taom tayyor deyavering.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 32 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Xamiriga:
150 gramm un
bir chimdim tuz
100 gramm muzdek sariyog'
50 millilitr muzdek suv
Asosiga:
200 gramm qovoqcha
1/4 choy qoshiq tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
Quymasiga:
140 gramm tvorogli pishloq
1 dona tuxum
150 millilitr sut
1 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugllandi

Xamiriga:

Un bilan tuzni elab olamiz. Ustidan sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib solamiz va qo'lda yaxshilab ishqalab, kukunsimon holatga keltiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Muzdek suv quyib, xamir qorib olamiz va 30 daqiqaga sovutgichga qo'yib tindiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Asosiga

Qovoqchalarni parrak qilib to'g'raymiz. Tovaga yog' quyib qidiramiz va qovoqchalarni solib, ikkala tomonini ham qovurib olamiz. Qovurgandan so'ng esa qog'oz sochiq ustiga terib chiqamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Quymasiga

Quymasiga kerakli barcha masalliqlarni alohida idishga solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tingan xamirni olib, ikkita pergament qog'oz o'rtasida yoyamiz va qolipga to'shaymiz. Bir nechta joyini sanchiq bilan teshib, ustidan pergament qog'oz to'shaymiz. So'ng shu qog'oz ustida "yuk" qo'yamiz. Bunda no'xat yoki loviyadan foydalansak ham bo'ladi.

Qadam 6
Tugllandi

Pechga qo'yib, 180 C darajada 10 daqiqa, so'ng "yuk"ni qog'ozi bilan olib tashlab, yana 5 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Pechdan xamirni olamiz, qovoqchalarni terib, ustidan aralashmani quyamiz. Yana 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 1.5 soat
  • Serves 7
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Xamiriga:
150 gramm un
bir chimdim tuz
100 gramm muzdek sariyog'
50 millilitr muzdek suv
Asosiga:
200 gramm qovoqcha
1/4 choy qoshiq tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
Quymasiga:
140 gramm tvorogli pishloq
1 dona tuxum
150 millilitr sut
1 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar
bir chimdim tuz
oldingi
Videoretsept: quyultirilgan sutli tart
keyingi
“Itoniyacha taribsizlik” deserti

Fikringiz