Videoretsept: «Qizil baxmal» yoriqli pechenyelari
Masalliqlar:
-
200 gramm un
-
80 gramm sariyog'
-
20 gramm kakao kukuni
-
70 gramm shakar
-
2 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
2 ta tuxum
-
70 gramm qora shokolad
-
2 choy qoshiq oziq-ovqat bo'yog'i
-
50 gramm belab olish uchun shakar upasi
Yo’nalishlar
Mazali, shokoladga to’yingan va albatta ishtahaochar ko’rinishdagi bunday pechenyelarni tayyorlash juda ham osondir!
Bunday pechenyelarni pishirishdan avval shakar upasiga yaxshilab belab olsangiz, pishish jarayonida ular shishib, ustida chiroyli yoriqlar paydo bo’ladi.
Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm un | |
80 gramm sariyog' | |
20 gramm kakao kukuni | |
70 gramm shakar | |
2 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
2 ta tuxum | |
70 gramm qora shokolad | |
2 choy qoshiq oziq-ovqat bo'yog'i | |
50 gramm belab olish uchun shakar upasi |
Un, kakao va qabartmani aralashtirib olamiz.
Shokoladni eritib, sovutib olamiz.
Xona haroratida yumshagan sariyog'ni shakar va vanil shakari bilan yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Tuxumni bittadan solib, yaxshilab ko'pirtiramiz.
So'ng ozuqaviy bo'yoqni solib, silliq holatga kirgunicha ko'pirtiramiz.
So'ng quruq massani solib, aralashtirib olamiz. Xamir qo'lga yopishadigan bo'ladi. Uni olib, 30 daqiqaga sovutgichga qo'yamiz.
Xamirni olib, undan yong'oq kattaliggidek koptokchalar yasab olamiz va shakar upasiga yaxshilab belab, pergament qog'oz to'shalgan patniga terib chiqamiz.
180 C darajada qizigan pechda 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm un | |
80 gramm sariyog' | |
20 gramm kakao kukuni | |
70 gramm shakar | |
2 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
2 ta tuxum | |
70 gramm qora shokolad | |
2 choy qoshiq oziq-ovqat bo'yog'i | |
50 gramm belab olish uchun shakar upasi |
2 Sharhlar Hide Comments
Тайёрлаб курдим рахмат зур чикди
Sizga yoqqanidan xursandmiz!