Videoretsept: Qaymoqli pishloq va qulupnayli keks
Masalliqlar:
-
100 gramm yumshatilgan sariyog'
-
100 gramm qaymoqli pishloq
-
150 gramm shakar
-
2 ta tuxum
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
150 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma
-
Qiyomiga:
-
100 gramm shakar upasi
-
3 osh qoshiq limon sharbati
-
bezatish uchun qulupnay
Yo’nalishlar
Bugungi keksimizni qaymoqli yoki tvorogli pishloqlar bilan tayyorlashingiz, ustini esa xohishingizga qarab bezatishingiz mumkin.
Bunday keksni pishirish sizga umuman qiyinchilik tug’dirmasligini, videolavhamizni ko’rib tomosha qiling.
Pishirilgan pishiriqqa taxminan – 24 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
100 gramm qaymoqli pishloq | |
150 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
150 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
Qiyomiga: |
|
100 gramm shakar upasi | |
3 osh qoshiq limon sharbati | |
bezatish uchun qulupnay |
Tog'orachaga sariyog', pishloq, shakar, vanil va tuxumni solamiz.
Mikser yordamida 5 daqiqa davomida ko'pirtiramiz.
Un bilan qabartmani elab olamiz.
Unli aralashmani sariyog'li massa ustidan solamiz va 1 daqiqa mikser bilan ko'pirtiramiz.
Qolipga sariyog' surtib, ustidan unsepamiz.
Xamirni solib, 180 C da 50-60 daqiqa davomida pishirib olamiz. Usti kuymasligi uchun 30 daqiqalardan so'ng ustini zar qog'oz yordamida yopib qo'ying.
Pishgan keksni qolipdan olmasdan sovutamiz.
Qiyomi uchun limon sharbati va shakar upasini aralashtirib olamiz va keksni ustidan quyamiz. Qulupnaylar bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
100 gramm qaymoqli pishloq | |
150 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
150 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
Qiyomiga: |
|
100 gramm shakar upasi | |
3 osh qoshiq limon sharbati | |
bezatish uchun qulupnay |