Sarimsoqpiyozli bulochkalar

Sarimsoqpiyozli bulochkalar

Masalliqlar:

  • Sarimsoqpiyozli qayla:

Yo’nalishlar

Xushbo’y, mazali va do’mboqqina sarimsoqpiyozli bulochkalarning eng ishonchli retsepti. Ular suyuq taomlar bilan iste’mol qilishga ayni muddaodir.

Bu pishiriqni biz mashhur rus fudblogeri, bir nechta kitoblar muallifi Nastya Ponedelnik retsepti asosida pishirdik.

Pishiriladigan yegulikka taxminan – 5 000 so’m sarflaniladi.*

*yegulik narxi retsept chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
250 millilitr iliq sut
2 ta tuxum
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
500 gramm un
11 gramm quruq achitqi
1 dona tuxum sarig'i
1 osh qoshiq sut
Sarimsoqpiyozli qayla:
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
4 shoxcha shivit
4 osh qoshiq eritilgan sariyog'
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugllandi

Iliq sutga shakar va xamirturushni solib aralashtiramiz.

15 daqiqaga chetga olib qo'yamiz. Aralashma usti qalpoqchadek shishib chiqsa, demak xamirturush faollashgan bo'ladi.

Qadam 2
Tugllandi

So'ng barcha xamir masalliqlarini tog'orachaga solib xamir qoramiz.

Xamirni 8-10 daqiqa qo'lda yaxshilab aralashtirib chiqamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamir ustini sochiq yoki yelim qog'oz bilan yopib, 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz. Bu vaqt oralig'ida xamir ikki hissaga ko'payadi.

Qadam 4
Tugllandi

Oshgan xamirni olib, mushtlaymiz va ustini yopib, yana 20 daqiqaga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Xamirni olib teng 12 ta bo'lakchalarga bo'lamiz. Pishiradigan qolip yoki patnisimizni yog'lab olamiz va xamirli koptokchalarni ustiga terib chiqamiz.

Ustini yopib, 10 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Tuxum sarig'ini sut bilan aralashtiramiz va bulochkalarni ustidan surtib chiqamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Bulochkalarni 200 C da qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, avval 20 daqiqa davomida pishiramiz. So'ng haroratni 180 C ga tushirib, yana 10 daqiqa pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Shivit va sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab olamiz, tuz sepamiz. Yog'ni solamiz, xohlang eritilgan sariyog' soling, xohlang o'simlik yog'i, bu sizning ta'bingizga bog'liq.

Pishgan bulochkalarni ustidan sarimsoqpiyozli qayla surtamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 2,5 soat
  • Serves 6
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
250 millilitr iliq sut
2 ta tuxum
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
500 gramm un
11 gramm quruq achitqi
1 dona tuxum sarig'i
1 osh qoshiq sut
Sarimsoqpiyozli qayla:
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
4 shoxcha shivit
4 osh qoshiq eritilgan sariyog'
bir chimdim tuz
oldingi
Videoretsept: Qaymoqli pishloq va qulupnayli keks
keyingi
Videoretsept: Pitsa

Fikringiz