fbpx
Videoretsept: qatlama xamirdan sabzavotli mini-pitsalar

Videoretsept: qatlama xamirdan sabzavotli mini-pitsalar

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • asosi uchun

Yo’nalishlar

Bunday pitsalar noodatiy ko’rinishga ega bo’lib, ta’mi va xushbo’yligi tufayli tezda dasturxondan g’oyib bo’lib qolishlari tabiiy, albatta.

Qolaversa mini-pitsalar tez va oson tayyorlanadi, hajmi esa dasturxonga tortish uchun qulay. Ha aytgancha, asosini o’z ta’bingizga ko’ra almashtirishingiz ham mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
400 gramm un
230 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
110 millilitr sovuq suv
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq 10 % li sirka
asosi uchun
50 gramm baqlajon
50 gramm qovoqcha
50 gramm bulg'or qalampiri
4 osh qoshiq pomidor qaylasi
200 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i
ta'bga ko'ra oregano
Qadam 1
Tugallandi

Unga sovuq margarinni qirg'ichdan chiqaramiz va qo'lda ishqalab, qumoq holatiga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Muzdek suvga tuz va sirka solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Suvni unli massaga quyib, xamir qoramiz. Xamirni xona haroratida 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir tinganidan so'ng, uni 4-5 mm qalinlikda yoyib, konvert shaklida yig'amiz. Xamirni paketga solib, 20-30 daqiqaga muzxonaga yuboramiz. So'ngra shu holatni yana 2-3 marotaba qaytaramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni 3-5 mm qalinlikda yoyib, 4 ta bir xil to'rtburchak shaklida kesib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

To'rtburchaklarni gaz pechi patnisiga joylashtirib, ustiga ketchup surtamiz. Barcha sabzavotlarni ingichka bo'laklarga bo'lamiz va xamir ustiga qo'yib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 2 soat
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
400 gramm un
230 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
110 millilitr sovuq suv
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq 10 % li sirka
asosi uchun
50 gramm baqlajon
50 gramm qovoqcha
50 gramm bulg'or qalampiri
4 osh qoshiq pomidor qaylasi
200 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i
ta'bga ko'ra oregano
oldingi
Batafsil fotoretsept: jem bilan pishirilgan limonli pechenye
keyingi
Glazurga ega limonli pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.