Parhezbop «Ptiche Moloko» deserti

Parhezbop «Ptiche Moloko» deserti

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Siz parhezdasiz va hech qanday shirinliklardan iste’mol qila olmasligingizdan siqilasizmi? Unday bo’lsa, parhezbop «Ptiche Moloko» desertimiz aynan siz uchun!

Agarda siz parhez tutishga qarshi boo’lsangiz va har qanday mahsulotdan iste’mol qilaversangiz, unda odatiy masalliqlar va shakardan foydalanib, shu shirinlikni tayyorlasangiz ham bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

3 ta tuxum oqi
50 millilitr yog'siz sut
10-15 gramm jelatin
50 millilitr suv
bir chimdim vanilin
bir chimdim steviya yoki shakar
ustiga sepish uchun kakao kukuni
Qadam 1
Tugllandi

Jelatinni sovuq suvga ivitib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tuxum oqlarini yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Jelatinni qizdirib olamiz, ammo qaynatmaymiz.

Qadam 4
Tugllandi

Vanil, steviya va jelatinni solamiz. Mikser bilan ko'pirtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Sutni quyib, yana bir marotaba ko'pirtirib olamiz (agarda siz parhezda bo'lmasangiz, unda shakar o'rniga quyultirilgan sutdan solsangiz ham bo'ladi).

Qadam 6
Tugllandi

Desertni 2-3 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

So'ng ustidan kakao sepib, kesib dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 ta tuxum oqi
50 millilitr yog'siz sut
10-15 gramm jelatin
50 millilitr suv
bir chimdim vanilin
bir chimdim steviya yoki shakar
ustiga sepish uchun kakao kukuni
oldingi
Qiymadan tayyorlangan «qush uyasi» taomi
keyingi
Tryufellar

Fikringiz