Videoretsept: qarsildoq baqlajonli salat
Masalliqlar:
-
3 ta baqlajon
-
3 ta pomidor
-
1 bog' kashnich
-
100 gramm kraxmal
-
100 gramm tvorogli pishloq
-
150 millilitr o'simlik yog'i
-
0,5 osh qoshiq tuz
-
ta'bingizga ko'ra balzamik krem
Yo’nalishlar
Mazali va oson tayyorlanadigan qarsildoq baqlajonli gruzincha salat. Qovurilgan baqlajon, pomidor, kashnich, tvorogli pishloq va balzamik krem – ajoyib uyg’unlik.
Balzamik kremni ko’plab joylarda topish mumkin, masalan – Ecobozor, Oloy bozori, Mirobod bozori va Green apple market. Asosiysi – balzamik sirka bilan adashtirmang.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
3 ta baqlajon | |
3 ta pomidor | |
1 bog' kashnich | |
100 gramm kraxmal | |
100 gramm tvorogli pishloq | |
150 millilitr o'simlik yog'i | |
0,5 osh qoshiq tuz | |
ta'bingizga ko'ra balzamik krem |
Baqlajonlarni yuvib, quritib, kubik shaklida to’g’raymiz. To’g’ralgan baqlajonlarni idishga solamiz Tuz bilan aralashtirib, 10-15 daqiqaga qoldiramiz.
(Bu vaqt ichida baqlajondan suv ajraladi, uni to’kib yuborish kerak).
Baqlajon ustiga kraxmal sepib, yaxshilab aralashtiramiz. Salat uchun ham kartoshka, ham kukuruz kraxmalini ishlatish mumkin.
Chuqur tovaga o’simlik yog’ini qiyamiz. Baqlajonlarni har tomonini qizartirib qovuramiz.
Pomidorni katta kubik shaklida to’g’raymiz.
Kashnichni mayda to’g’raymiz.
Tarelkaga baqlajon, so'ngra pomidor, kashnich va oxirgi qatlam qilib baqlajonni teramiz. Tvorogli pishloqni choy qoshiq yordamida salatga qo’shamiz va ustidan balzamik krem quyamiz.
Tvorogli pishloq o’rniga mini motsarella, fetaksa yoki brinza ishlatish mumkin.
Salatni issiqligida dasturxonga tortgan ma’qul.
Ushbu salatning, shirin chili sous qo’shilgan, yana bir turi mavjud. Retseptni ilova orqali ko'rishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Masalliqlar:
3 ta baqlajon | |
3 ta pomidor | |
1 bog' kashnich | |
100 gramm kraxmal | |
100 gramm tvorogli pishloq | |
150 millilitr o'simlik yog'i | |
0,5 osh qoshiq tuz | |
ta'bingizga ko'ra balzamik krem |