fbpx
Videoretsept: oshirma xamirdan yong’oqli rulet

Videoretsept: oshirma xamirdan yong’oqli rulet

Masalliqlar:

  • opara uchun

  • xamirga

  • asosiga

Yo’nalishlar

Sizga xushbo’y oshirma xamir va ajoyib shirin yong’oq va mayizli asosli juda mazali rulet tayyorlab ko’rishingizni maslahat beramiz.

Uyda pishirilgan ushbu ajoyib pishiriq uyingizni iliqlik va mexrga to’ldiradi.

Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
opara uchun
250 millilitr iliq sut
10 gramm quruq xamirturush
2 osh qoshiq shakar
3 osh qoshiq un
xamirga
2 ta tuxum
100 gramm shakar
10 gramm vanil shakari
100 gramm Maselkodan "Солнечный" margarini
550-600 gramm un
bir chimdim tuz
asosiga
300 gramm maydalangan yong'oq
50 gramm shakar
50 gramm mayiz
1-2 choy qoshiq dolchin
40 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i+sut
ustiga sepish uchun mak urug'i
Qadam 1
Tugallandi

Opara qilamiz:

Iliq sutga quruq xamirturush, shakar va un solib, xamirturush erigunicha aralashtiramiz va 15-20 daqiqaga issiq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum chaqib, shakar bilan shakar erigunicha aralashtiramiz. Vanil shakari va oparani solib, venchik yordamida aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Eritilgan xona haroratidagi margarin va tuz solib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oz-ozdan un solib, xamir qoramiz. Xamirni tahminan 10 daqiqa mushtlaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni katta idishga solib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va 1soatga xamir 2 baravar oshishi uchun issiq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir oshgandan so'ng uni mushtlab yana 1-1,5 soatga issiq joyga 2 baravar oshishi uchun yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Asosi uchun maydalangan yong'oqni mayiz, shakar va dolchin bilan aralashtiramiz. Ustidan eritilgan yog'ni quyib, aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor xamirni stolga qo'yib mushtlaymiz va 2 ga bo'lamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Har bir bo'lakni 30x35 sm keladigan to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib olamiz. Ustidan asosini solib, rulet shaklida uzunasiga o'raymiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ruletni tugilgan joyini pastga qaratib, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Ustini sochiq bilan yopib, 2 baravar oshishi uchun 40-60 daqiqaga qoldirmiz.

Qadam 12
Tugallandi

So'ngra rulet ustiga sut suritib, mak sepib, 165 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 50-55 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 2
  • O’rtacha
  • 165-170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
opara uchun
250 millilitr iliq sut
10 gramm quruq xamirturush
2 osh qoshiq shakar
3 osh qoshiq un
xamirga
2 ta tuxum
100 gramm shakar
10 gramm vanil shakari
100 gramm Maselkodan "Солнечный" margarini
550-600 gramm un
bir chimdim tuz
asosiga
300 gramm maydalangan yong'oq
50 gramm shakar
50 gramm mayiz
1-2 choy qoshiq dolchin
40 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i+sut
ustiga sepish uchun mak urug'i
oldingi
«Pasxalnoe gnezdo» pechenyesi
keyingi
«Kraffin» kulichi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.