fbpx
Videoretsept: oshirma xamirdan olchali bulochkalar

Videoretsept: oshirma xamirdan olchali bulochkalar

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

Yo’nalishlar

Oshirma xamirni sevuchilar uchun ushbu bulochkalrni tayyorlash qiyinchilik tug’dirmaydi, oila a’zolari esa bunday  shirinlik ta’miga munosib baho berishadi.

Olcha – yumshoq va do’mboq bulochkalar uchun ajoyib nachinka bo’la oladi. Agarda unga yana suzmadan tayyorlangan mayin kremni qo’shsa bormi, bunday bulochkalar sizga yanada ko’proq yoqishi aniq.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
400 gramm un
250 gramm "Hola" qatiq yoki kefiri
60 gramm yumshatilgan sariyog'
2 ta tuxum
10 gramm quruq xamirturush
100 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
0,5 choy qoshiq tuz
100 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
350 gramm "Hola" suzmasi
20 gramm makkajo'xori kraxmali
ta'bga ko'ra danagidan tozalangan olcha
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i+sut
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Ushbu bulochkalarni tayyorlashda qatiq yoki kefirdan foydalanamiz.

Qatiq yoki kefirni mikroto'lqinli pech yoki olovda iligunicha tahminan 40 C gacha isitib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Opara tayyorlaymiz. Iliq qatiqqa xamirturush va 1 osh qoshiq shakar solamiz. Aralashtirib, ustini sochiq bilan yopamiz va 15 daqiqaga qoldiramiz. Massa ko'pirishi kerak.

Qadam 3
Tugallandi

Oparaga tuxum, shakar, tuz va yumshatilgan sariyog' solib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Suyuq massaga un solib, yumshoq xamir qoramiz.

Xamirni yog'langan idishga solib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va issiq joyga 40-60 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Suzmani shakar upasi, vanil shakari va kraxmal bilan ko'pirtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni un sepilgan stol ustida 0,7-1 sm qalinlikda to'g'rito'rtburchak shaklida yoyamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamir ustiga suzmali nachinkani surtib, danaksiz olchalarni ham terib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni rulet shaklida o'rab, ruletni 5 sm qalinlikdagi bo'laklarga bo'lamiz. Bo'laklarni gaz pechi patnisi yoki qolipga terib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ustiga tuxum sarig'i va sutli aralashmani surtib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi - Hola

reklama huquqi asosida

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
400 gramm un
250 gramm "Hola" qatiq yoki kefiri
60 gramm yumshatilgan sariyog'
2 ta tuxum
10 gramm quruq xamirturush
100 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
0,5 choy qoshiq tuz
100 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
350 gramm "Hola" suzmasi
20 gramm makkajo'xori kraxmali
ta'bga ko'ra danagidan tozalangan olcha
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i+sut
oldingi
Pishloq, ismaloq va tuxumli sloykalar
keyingi
Videoretsept: qatlama xamirdan tvorogli rogaliklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.