Videoretsept: Olmali roll-pay
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
270 gramm un
-
3 osh qoshiq shakar
-
bir chimdim tuz
-
225 gramm margarin
-
5-7 osh qoshiq muzdek suv
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i-sut
-
Olmali asosiga:
-
6-7 dona olma
-
3 osh qoshiq sariyog'
-
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
-
50-70 gramm shakar
-
3 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
Sariyog'li asosiga:
-
7 osh qoshiq o'simlik-sariyog'li yog'
-
2 osh qoshiq dolchin
Yo’nalishlar
Olma va dolchin solib pishiriladigan ajoyib piroglardan tayyorlash uchun aynan bir kun yoki bayramni kutish shart emas. Ta’mi hech kimni e’tiborsiz qoldirmaydigan bu pirogdan tayyorlab, har kuningizni bayramga aylantiring.
Noodatiy ko’rinishdagi roll-pay tayyorlash jarayoni juda ham qiziq.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 20 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
270 gramm un | |
3 osh qoshiq shakar | |
bir chimdim tuz | |
225 gramm margarin | |
5-7 osh qoshiq muzdek suv | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i-sut | |
Olmali asosiga: |
|
6-7 dona olma | |
3 osh qoshiq sariyog' | |
1 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
50-70 gramm shakar | |
3 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
Sariyog'li asosiga: |
|
7 osh qoshiq o'simlik-sariyog'li yog' | |
2 osh qoshiq dolchin |
Idishga un, shakar va tuzni solamiz.
To'rtburchak qilib to'g'ralgan sariyog'ni solamiz.
Qo'lda ishqalab, unsimon holatga keltiramiz.
Oz-ozdan muzdek suvdan solib, xamir qoramiz.
Xamirni yelim xaltaga solib, 1 soat, agar iloji bo'lsa bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Asosini tayyorlaymiz
Olmalarni po'stidan archib olamiz va xohlagan shaklda to'g'rab olamiz.
Qozonchaga sariyog'ni solib eritamiz. Olmalarni solib 2-3 daqiqa qovurib olamiz.
Ustidan shakar va dolchinni solamiz. Yana biroz qovuramiz.
Kraxmalni solib, aralashtiramiz, gazdan olib sovutamiz.
Sariyog'li asosi uchun sariyog' bilan dolchinni aralashtirib olamiz.
Xamirni olib, teng ikkiga bo'lamiz.
Stol ustiga un sepib, xamirlarni 40x35 sm kattalikda yoyib olamiz.
Xamirlarga sariyog'-dolchinli aralashmadan surtib chiqamiz.
Xamirni ruletga o'xshatib o'raymiz va 10 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz.
Xamirning bittasini olib, 1 sm qalinlikdagi bo'laklarga kesib chiqamiz.
Aylanasi 22 sm li qolip olib, osti va chetlariga kesilgan xamirlarni terib chiqamiz va ustidan qo'lda biroz bosib chiqamiz.
Qolipni olib, muzlatgichga qo'yamiz.
Ikkinchi xamir bo'laklarini esa pergament qog'oz ustiga aylana shaklda terib chiqamiz, ustidan o'qlovda bir bosib chiqamiz.
So'ng muzlatgichdagi xamir solingan qolipni olamiz, ustiga asosdan solamiz.
Ustidan yoyilgan xamirni pergament qog'oz bilan olib, pirog ustini yopamiz.
Ustidan sariyog' bilan aralashtirilgan sutni surtib, shakar sepamiz.
Avval 220 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqa, so'ng haroratni 175 C ga tushirib, 60 daqiqa davomida pishiramiz. Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
270 gramm un | |
3 osh qoshiq shakar | |
bir chimdim tuz | |
225 gramm margarin | |
5-7 osh qoshiq muzdek suv | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i-sut | |
Olmali asosiga: |
|
6-7 dona olma | |
3 osh qoshiq sariyog' | |
1 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
50-70 gramm shakar | |
3 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
Sariyog'li asosiga: |
|
7 osh qoshiq o'simlik-sariyog'li yog' | |
2 osh qoshiq dolchin |