fbpx
Videoretsept: olma va yong’oqli asosli pechenye

Videoretsept: olma va yong’oqli asosli pechenye

Masalliqlar:

  • asosiga

Yo’nalishlar

Olma, yong’oq va xushbo’y dolchindan tarkib topgan noodatiy ko’rinishga ega mazali pechenye retseptini taqdim etamiz.

Xamda ushbu nozik, og’izda eriydigan pechenyelar qahva yoki choyga ajoyib qo’shimcha bo’la oladi.

Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
350 gramm un
150 gramm kefir
150 gramm sariyog'
80 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq qabartma
1/3 choy qoshiq zarchava
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
asosiga
400-500 gramm olma
3 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq dolchin
150 gramm maydalangan yong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz.

Olmani po'stini artib, qirg'ichdan chiqaramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yog' solinmagan tovaga solib, 5 daqiqa qovuramiz. So'ngra shakar va dolchin solamiz. Xammasini birgalikda o'rtacha olovda 3 daqiqa pishiramiz. Asosimiz quyulishi kerak.

Qadam 3
Tugallandi

Olovdan olib, sovutamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz.

Yumshatilgan sariyog'ni shakar upasi bilan aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kefir solib"venchik" yordamida yaxshilab aralashtiramiz. Tuz va vanil shakarini solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Unni qabartma va zarchava bilan aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Unni sariyog'li aralashmaga solib, yumshoq xamir qoramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor bo'lgan xamirni paketga solib, 30-40 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 9
Tugallandi

So'ngra xamirni muzlatgichdan olib, 16 ta bo'lakka bo'lamiz. Har bir bo'lakni dumaloq shakliga keltiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Har bir bo'lakni doira shaklida yoyib, o'rtasiga 2 choy qoshiq asos solamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Aylana bo'ylab bir biriga qarama-qarshi 4 ta chiziq kesamiz. Kesilgan chiziqlar asosga yetib bormasligi zarur.

Qadam 12
Tugallandi

Xamirni asos atrofi bo'ylab birma-bir o'rab chiqamiz. Shunda atirgul hosil bo'ladi.

Qadam 13
Tugallandi

Pechenyelarni 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz.
Tayyor bo'lgan pechenyelarga shakar upasini sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

reklama huquqi ostida

  • 2 soat
  • Portsiya 16
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
350 gramm un
150 gramm kefir
150 gramm sariyog'
80 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq qabartma
1/3 choy qoshiq zarchava
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
asosiga
400-500 gramm olma
3 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq dolchin
150 gramm maydalangan yong'oq
oldingi
Videoretsept: Ko’katli qatlama
keyingi
Videoretsept: Kartoshka va pishloqli noodatiy pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.