Videoretsept: non-kabob
Masalliqlar:
-
xamiriga
-
200 millilitr iliq sut
-
200 millilitr iliq suv
-
1 osh qoshiq tuz
-
0,5 osh qoshiq shakar
-
8 gramm quruq xamirturush
-
50 millilitr o'simlik yog'i
-
600 gramm un
-
ustiga suritish uchun tuxum
-
ustiga sepish uchun kunjut
-
asosiga
-
600 gramm mol go'shti
-
50 millilitr o'simlik yog'i
-
2 ta piyoz
-
50 gramm qizil bulg'or qalampiri
-
100 gramm pomidor
-
ta'bga ko'ra tuz, murch kashnich urug'i va zira
-
qo'shimchasiga
-
50 gramm qizil piyoz
-
bir nechta shivit shoxchalari
-
1 osh qoshiq 9% sirka
Yo’nalishlar
Non-kabob yoki o’zbekcha burger – bu siz albatta yoqtirib qoladigan uyda tayyorlangan «fast food». Axir uyda tayyorlangan bulochka va mayin mol go’shtidan mazaliroq yana nima bo’lishi mumkin.
Ushbu taomni tayyorlab ko’ring va oila a’zolaringizni xursand qiling.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
200 millilitr iliq sut | |
200 millilitr iliq suv | |
1 osh qoshiq tuz | |
0,5 osh qoshiq shakar | |
8 gramm quruq xamirturush | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
600 gramm un | |
ustiga suritish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun kunjut | |
asosiga |
|
600 gramm mol go'shti | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
2 ta piyoz | |
50 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
100 gramm pomidor | |
ta'bga ko'ra tuz, murch kashnich urug'i va zira | |
qo'shimchasiga |
|
50 gramm qizil piyoz | |
bir nechta shivit shoxchalari | |
1 osh qoshiq 9% sirka |
Sut, suv, tuz, shakar, xamirturush va o'simlik yog'ini aralashtiramiz.
Un solib, yumshoq xamir qoramiz va xamir oshishi uchun 1-1,5 soatga issiq joyga olib qo'yamiz.
Tayyor xamirni stolga qo'yib, 6 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz. Bo'laklarni dumaloqlab, ustini sochiq bilan yopamiz va 5 daqiqa tindiramiz.
Har bir bo'lakni qo'lda 1,5 sm qalinlikda yoyib, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz. Ustiga tuxum surtib, kunjut sepamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz. Tayyor bo'lganidan so'ng nonchalarni sovutamiz.
Asosini tayyorlaymiz. Mol go'shtini ingichka bo'laklarga bo'lamiz. Bulg'or qalampiri, piyoz va pomidorlarni o'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.
Qizdirilgan qozonga o'simlik yog'ini quyamiz. Go'shtni solib, qozon qopqog'ini yopgan holda 40-45 daqiqa pishgunicha pishiramiz.
Go'shtga sabzavotlarni solib, ziravorlar sepamiz. Aralashtiramiz va qopqog'ini yopib, yana 15 daqiqa pishiramiz.
Qizil piyozni marinadlaymiz. Qizil piyozni ingichka yarim halqa shaklida to'g'raymiz. Ko'katni maydalaymiz. Ko'katlar va piyozni sirka bilan marinadlaymiz.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
200 millilitr iliq sut | |
200 millilitr iliq suv | |
1 osh qoshiq tuz | |
0,5 osh qoshiq shakar | |
8 gramm quruq xamirturush | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
600 gramm un | |
ustiga suritish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun kunjut | |
asosiga |
|
600 gramm mol go'shti | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
2 ta piyoz | |
50 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
100 gramm pomidor | |
ta'bga ko'ra tuz, murch kashnich urug'i va zira | |
qo'shimchasiga |
|
50 gramm qizil piyoz | |
bir nechta shivit shoxchalari | |
1 osh qoshiq 9% sirka |