Videoretsept: «Maxroviy» torti
Masalliqlar:
-
korj uchun
-
6 ta tuxum
-
400 gramm shakar
-
400 millilitr smetana
-
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
1 choy qoshiq 10 % li sirka
-
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
oq korj uchun
-
180 gramm un
-
qora korj uchun
-
120 gramm un
-
40 gramm kakao kukuni
-
kremiga
-
200 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
-
400 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
Yo’nalishlar
Ushbu tort sizga ma’qul kelishiga ishonchimiz komil, chunki uni tayyorlash juda oson. Tortning biskviti hech qachon pand bermaydi, u juda yoqimli bo’lib, umuman quruq bo’lib, qolmaydi.
Tortni o’z ta’bingizga qarab bezatishingiz mumkin. Meva, rezavor meva, shokolad yoki yong’oqlar bilan.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
korj uchun |
|
6 ta tuxum | |
400 gramm shakar | |
400 millilitr smetana | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1 choy qoshiq 10 % li sirka | |
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
oq korj uchun |
|
180 gramm un | |
qora korj uchun |
|
120 gramm un | |
40 gramm kakao kukuni | |
kremiga |
|
200 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe" | |
400 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti |
Katta idishda tuxum va shakarni oqargunicha ko'pirtirib olamiz. Smetana solib, aralashtiramiz.
Sodani sirka bilan o'ldirib, tuxumli aralashmaga solamiz. Aralashtiramiz.
Hosil bo'lgan aralashmani ikkiga bo'lib, ikkinchi qismini boshqa idishga solamiz.
Birinchi idishga 180 gramm un + 1 choy qoshiq qabartma solib, aralashtiramiz.
Ikkinchi idishga un, kakao va qolgan qabartmani solamiz.
Gaz pechi patnisini pergament qog'ozi bilan qoplab, ozroq engashtiramiz.
Oldin birinchi xamirni patnisning yarimiga quyib tekkislaymiz.
So'ngra patnisni tekkis qo'yib, ikkinchi xamirni patnisning ikkinchi yarimiga quyamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga yuboramiz.
Tayyor ko'rjni sovutib, oq va qora korjlarni bir-biridan ajratib kesib olamiz. So'ngra 2 ta qora va 2 ta oq korj hosil bo'lishi uchun har bir ko'rjni yana 2 ga bo'lamiz.
Korjlardan chiqqan bo'laklarni maydalab olamiz.
Krem tayyorlaymiz:
Xona haroratidagi yumshoq sariyog'ni ko'pirtirib olamiz. So'ngra unga quyultirilgan sut solib, yaxshilab ko'pirtiramiz. Krem tayyor.
Tortni yig'amiz:
Korjlarga krem surtib, oq va qora korjlarni ketma-ket qo'yib chiqib, tortni yig'amiz.
Tortning tepa va yonlariga krem surtib, korjning maydalangan uvog'larini sepib chiqamiz.
Tortni xona haroratida 2-3 soatga qoldiramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
korj uchun |
|
6 ta tuxum | |
400 gramm shakar | |
400 millilitr smetana | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1 choy qoshiq 10 % li sirka | |
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
oq korj uchun |
|
180 gramm un | |
qora korj uchun |
|
120 gramm un | |
40 gramm kakao kukuni | |
kremiga |
|
200 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe" | |
400 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti |