fbpx
Videoretsept: manti «Atirgul»

Videoretsept: manti «Atirgul»

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • nachinkasi uchun

Yo’nalishlar

Sizga o’zbek oshxonasining mazali va sevimli taomlaridan birining qiziqarli versiyasini tayyorlashni taklif etamiz. Mantalarning noodatiy ko’rinishi – dasturxonga tortganda chiroyli turadi.

Aytgancha, nachinkasi chun siz piyoz va mol go’shtidan qizymadan foydalanishingiz mumkin, ammo bunday mantilarni yana kartoshka va hatto qovoq bilan pishirish ham mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 22 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
300 gramm un
200 millilitr suv
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq tuz
nachinkasi uchun
200 gramm mol go'shtidan qiyma
100 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishga o'simlik yog'i va suv (xona haroratidagi) solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuz solib, erigunicha aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra un solib, cho'ziluvchan bo'lgunicha xamir qoramiz.

Yopishqoq plyonkaga o'rab, xona haroratida 10-15 daqiqa tindiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Piyozni mayda to'g'raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Idishga qiyma, piyoz, tuz va murch solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Stolga un sepib, xamirni 0,2-0,3 sm keladigan to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Yoyilgan xamirni uzunligi 30-35 sm, kengligi 7-8 sm bo'lgan tasmalarga kesib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Har bir tasmani tepa qismiga nachinkani chetiga chiqarmasdan solib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ikki chetini birlashtirib, mantilar ochilib ketmasligi uchun yaxshilab bosib chiqamiz. So'ngra hosil bo'lgan naychani videoda ko'rsatilganidek o'rab chiqamiz.

Maslahat: mantilar maksimal darajada atirgulga o'xshashi uchun chetlarini ko'chaga qaratib ochib chiqish kerak.

Qadam 10
Tugallandi

Hosil bo'lgan mantilarni oldindan yog'langan mantiqasqonga terib, bug'da 40 daqiqa pishiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tayyor mantilarga ko'kat sepib, kefir yoki smetana bilan dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Coca-cola ning Instagramdagi rasmiy sahifasi: https://instagram.com/cocacola_uzbekistan

Coca-cola ning youtube dagi rasmiy sahifasi: https://www.youtube.com/playlist?list=PLCIVZWq1FAwdTbHT6ej15IhB45y40XTEs

Reklama huquqi asosida

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
300 gramm un
200 millilitr suv
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq tuz
nachinkasi uchun
200 gramm mol go'shtidan qiyma
100 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Havodor bo’g’irsoq
keyingi
Videoretsept: pishirishni talab etmaydigan qulupnayga ega tvorogli tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.