fbpx
Shprotlardan tayyorlangan pashtet

Shprotlardan tayyorlangan pashtet

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bunday baliqli gazak ajoyib ta’mda chiqib, nafaqat har kunlik dasturxonga, balki bayram va tadbirlarda ham stolga o’zgacha ko’rk beradi.

Pashtetni oldindan tayyorlab, qopqog’i yopiq idishga solib, sovutgichda saqlash mumkin.

Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqt gagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 o'ram yog'da yopilgan shprot 240 gramm
100 gramm qaymoqli pishloq
2 ta tuxum
50 gramm qizil piyoz
2 osh qoshiq mayonez
yarim bog' shivit yoki petrushka
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Shprotni ochib, yog'ini quyib tashlaymiz. Dumchalarni ham kesib tashlab, sanchiqda ezib maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni mayda to'g'rab, baliq ustidan solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxumni yaxshilab qaynatib olamiz. Sovutib, po'stlog'idan tozalaymiz va qirg'ichdan chiqarib, masalliqlar ustidan solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qaymoqli eritilgan pishloq, mayonez va mayda to'g'ralgan ko'katlarni solamiz. Tuz va murch sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aralashmani blender yordamida maydalab olamiz.

Pashtet tayyor!

Nonga surtib olamiz va petrushka bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 o'ram yog'da yopilgan shprot 240 gramm
100 gramm qaymoqli pishloq
2 ta tuxum
50 gramm qizil piyoz
2 osh qoshiq mayonez
yarim bog' shivit yoki petrushka
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Polyakcha olmali pirog
keyingi
Parmijana tovug’i

Fikringiz