fbpx
Videoretsept: limonli mini kekslar

Videoretsept: limonli mini kekslar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Limon solib pishiriladigan bu kekschalarga juda oddiy masalliqlar kerak bo’ladi, ammo shunga qaramasdan ular mazali va yumshoqqina bo’lib pishadi.

Agar iloji bo’lsa ularni yelim xaltaga solib, bir kecha sovutgichga olib qo’ying, shunda ularning ta’miga yana ta’m qo’shiladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 11 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm shakar
2 dona tuxum
2 ta limon
165 millilitr sut
165 millilitr o'simlik yog'i
200 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
Qadam 1
Tugallandi

Idishga tuxum va shakarni solamiz va oqarguniga qadar mikserda yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Limonlarni po'stini qirg'ichdan chiqaramiz va sharbatini ham siqib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida idishga sut, o'simlk yog'i limon po'sti va sharbatini solamiz.

Venchik yoki mikserda aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sutli aralashmani tuxumli aralashmaga oz-ozdan solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Un va qabartmani solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Keksga mo'ljallangan qolipchalarga yog'dan surtamiz va xamirni 3/4 miqdorda solib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 12-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Tayyor bo'lganini tishkovlagich yordamida tekshiramiz, quruq chiqsa, demak pishgan hisoblanadi.

5 daqiqacha sovutib, so'ng dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm shakar
2 dona tuxum
2 ta limon
165 millilitr sut
165 millilitr o'simlik yog'i
200 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
oldingi
Davlatlararo standart (GOST) asosida tayyorlangan korjiklar
keyingi
Tovuq go’shti solib pishirilgan kannellonilar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.