fbpx
Videoretsept: kartoshka pyurelik vatrushka

Videoretsept: kartoshka pyurelik vatrushka

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Qizartirish uchun

Yo’nalishlar

Vatrushka — oshma xamirturushli xamir va ochiq nachinkadan iborat mashxur bulochkalardir. Vatrushka deganda hayolimizga tvorogli bulochkalar keladi. Aslida, nachinka sifatida istagan masalliqni ishlatish mumkin. 

Sizga lazzatli va to’yimli kartoshka pyurelik vatrushkalarni tayyorlashni tavsiya qilamiz. Bunday pishiriq katta-yu kichikga yoqadi.  

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
250 millilitr iliq sut
1 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq quruq xamirturush
1 ta tuxum
500 gramm un
1 choy qoshiq tuz
80 gramm "Milter 80%" margarini
Nachinka uchun
4 ta qaynatilgan kartoshka
30 gramm 82,5% "Milter" margarini
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 choy qoshiq yanchilgan kashnich
20 gramm smetana
1 ta tuxum
Qizartirish uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
Qadam 1
Tugallandi

Iliq sutga xamirturush, shakar, tuxum, eritilgan margarin qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Elangan un bilan tuz qo’shib yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni ustini sochiq yoki plyonka bilan berkitib, 1 soatga iliq joyga qo’yamiz - oshishi uchun.

Qadam 4
Tugallandi

Qaynatilgan kartoshkani pyure holatiga keltirib, tuxum, margarin, ziravorlar va smetana qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Oshgan xamirni bo’laklarga bo’lib, dumaloqchalar yasaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Dumaloqchalarni pergament qog’ozi solingan patnisga teramiz. Sochiq bilan yopib, 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Har bir dumaloqchani qo’l bilan biroz ezamiz, so’ngra stakan yordamida chuqurcha qilamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Chuqur ichiga kartoshka pyuresini solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Vatrushka chetlariga tuxum sarig’i surtamiz, va 180C gacha qizdirilgan pechga 25-30 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor vatrushkalarni biroz sovutib dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida..

Instagram: @milter.uz
Telegram: t.me/milter_uz
YouTube: Milter/Uzbekistan

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 12
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
250 millilitr iliq sut
1 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq quruq xamirturush
1 ta tuxum
500 gramm un
1 choy qoshiq tuz
80 gramm "Milter 80%" margarini
Nachinka uchun
4 ta qaynatilgan kartoshka
30 gramm 82,5% "Milter" margarini
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 choy qoshiq yanchilgan kashnich
20 gramm smetana
1 ta tuxum
Qizartirish uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
oldingi
Yalpizli pechenye
keyingi
Videoretsept: pechda pishirilgan tovuqdan shashlik

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.