fbpx
Videoretsept: karamli rasstegay

Videoretsept: karamli rasstegay

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Surtish uchun

Yo’nalishlar

Rasstegay – pechda pishirilgan pirojki. Farqli tomoni – ustidagi ochiq teshikcha. Shakli qayiqni eslatadi. Klassik pirojkalardan farqli, chetlari butunlay chimchilanmaydi. Ochiq pirojki hosil bo’ladi. 

Karamli nachinka klassika bo’lib, ko’pchilik uni yaxshi ko’radi. Agar sizga bunday nachinka yoqmasa, bu retseptimizin bir ta’tib ko’ring. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
200 millilitr iliq suv
550 gramm un
1 osh qoshiq quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
2 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
80 gramm "Milter 80%" margarini
Nachinka uchun
150 gramm karam
1 ta katta sabzi
1 ta piyoz
20 millilitr o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
20 gramm sariyog' ta'mli "Milter" spredi
60 millilitr suv
Surtish uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur idishda iliq suv, xamirturush, shakar, tuxum, eritilgan margarinni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Elangan un va tuz qo’shib, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Idishga biroz o’simlik yog’i surtib, xamirni solamiz va plyonka bilan berkitib, 1 soatga iliq joyga qo’yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Piyozni yarimoy shaklida to’g’raymiz. Sabzini qirg’ichdan chiqarib, karamni mayda to’g’raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

O’simlik yog’ida piyozni qizartirib qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sabzi qo’shib, 1 daqiqa qovuramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Karam qo’shib yana 2 daqiqa qovuramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ziravorlar va spredni qo’shib 1-2 daqiqa davomida yana qovuramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Suv qo’shib, 10-15 daqiqa davomida o’rtacha olovda karam yumshaguncha dimlaymiz. Tayyor nachinkani sovutamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Oshgan xamirni ezib, teng 14 bo’lakga bo’lamiz va dumaloqchalar yasaymiz. Xamirchalarni sochiq bilan berkitib, 10 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Xar bir xamirni yoyamiz, o’rtasiga nachinka solib, chetlarini, o’rtada ochiq joy qoldirgan holda, chimchilaymiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tayyor rasstegaylarni pergament qog’ozi solingan patnisga terib, ustini sochiq bilan berkitib, 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Oshgan pirojkalarni ustiga tuzum surtib, 180C gacha qizdirilgan pechga 30 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Tayyor rasstegaylarni ustiga suv sachratib, sochiq bilan berkitamiz. 10 daqiqa tindiramiz.

Yoqimli ishtaha!


Reklama huquqi asosida..

Instagram: @milter.uz
Telegram: t.me/milter_uz
YouTube: Milter/Uzbekistan

  • 2 soat
  • Portsiya 12
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
200 millilitr iliq suv
550 gramm un
1 osh qoshiq quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
2 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
80 gramm "Milter 80%" margarini
Nachinka uchun
150 gramm karam
1 ta katta sabzi
1 ta piyoz
20 millilitr o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
20 gramm sariyog' ta'mli "Milter" spredi
60 millilitr suv
Surtish uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
oldingi
Videoretsept: kapkeyklar
keyingi
Videoretsept: klassik lazanya

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.