fbpx
Videoretsept: kabob-somsa

Videoretsept: kabob-somsa

Masalliqlar:

  • asosiga

Yo’nalishlar

Oddiy somsa bilan mehmonlarni hayratlantirish qiyin, shuning uchun biz sizga go’shtli, tayoqchalarga tiqib pishirilgan – kabob somsa pishirishingizni tavsiya qilamiz.
Og’izda eriydigan yumshoq xamir, xushbo’y asosi va taomning antiqa ko’rinishi bayram dasturxoningiz ko’rkiga ko’rk bag’ishlaydi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

350 gramm un
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq tuz
100 gramm margarin yoki sariyog'
1 ta tuxum
60 gramm smetana
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
asosiga
300 gramm mol go'shti
50 gramm dumba
150 gramm piyoz
200 gramm kartoshka
0,5 choy qoshiq zira
ta'bga ko'ra tuz va murch
5-6 dona taxta tayoqchalar
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Idishda quruq mahsulotlarni aralashtirib olamiz - un, tuz va iste'mol sodasini.
Tuxum va sariyog' solib, qo'lda aralashtirib, un shakliga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Smetana solib, yumshoq xamir qoramiz. Ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqa tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Taxta tayoqchalarni 30 daqiqaga suvga solib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz

Mol go'shti, dumba va piyozni bo'laklarga bo'lib, tuz va ziravorlar bilan birga go'sht maydalagichdan chiqarib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qiymaga qirg'ichdan chiqarilgan kartoshkani solib aralashtiramiz va 20 daqiqaga muzlatgichga qo'yib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Muzlagichdan olingan qiymadan og'irligi 80-100 gramm keladigan kotletlar hosil qilamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kotletlarni tayoqchalarga o'tkazib, ularga qiyma kabob ko'rinishini beramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qiyma kaboblarni 15 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirni tayoqchadagi kaboblar soniga qarab bo'lib olamiz. Taxminan 5-6 ga.

Qadam 10
Tugallandi

Har bitta bo'lakni oval shaklida yoyib, o'rtasiga kabobni qo'yamiz. Hamir yonlarini chiziqcha shaklida kesib olamiz, (chiziqchalar 1 sm kenglikda bo'lishi kerak) va mana shu chiziqchalar bilan kabob-somsamizni o'rib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Xamirga tuxum suritib, kunjut sepib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

reklama huquqi ostida

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

350 gramm un
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq tuz
100 gramm margarin yoki sariyog'
1 ta tuxum
60 gramm smetana
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
asosiga
300 gramm mol go'shti
50 gramm dumba
150 gramm piyoz
200 gramm kartoshka
0,5 choy qoshiq zira
ta'bga ko'ra tuz va murch
5-6 dona taxta tayoqchalar
oldingi
Pergament qog’ozida sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq oyoqchalari
keyingi
Pishloq va kolbasali grenkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.