fbpx
Videoretsept: italyancha krostata va tuzli tovuq

Videoretsept: italyancha krostata va tuzli tovuq

Masalliqlar:

  • Krostata uchun:

  • Tuzli tovuqqa:

Yo’nalishlar

Tayyorlash jarayoni juda oddiy, ammo ta’mini tariflashga til ojiz bo’lgan ikki xil yegulikni bir vaqtning o’zida tayyorlashga nima deysiz?!

Tuz ustida pishirilgan tovuqning usti qizarib, juda sersuv va tuzi ham maromiga yetib pishadi.

An’anaviy italyancha krostatani esa xohlagan jem yoki murabbo bilan pishirish mumkin.

Agar ularni Dual Cook funksiyali pechda pishirsak, shunda bir vaqtning o’zida mehmonlar kelishiga bir necha xil yeguliklarni tayyorlab olishga bemalol ulguramiz.

Masalliqlar:

Krostata uchun:
200 gramm har qanday jem
300 gramm un
130 gramm sariyog'
100 gramm shakar
2 ta tuxum sarig'i
bir chimdim tuz
Tuzli tovuqqa:
1200-1500 gramm butun tovuq
600-800 gramm yirik tuz
1 dona limon
ta'bga qarab italyancha xushbo'y ziravorlar
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Krostatani pishiramiz:

Sariyog'ni to'g'rab, un ustidan solamiz va qo'lda yoki mikserda yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan shakar, tuxum sarig'i va bir chimdim tuz solib, xamir qorib olamiz. Xamirni aylana shaklga keltirib, 15 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Xamirni ikkiga bo'lamiz (biri ikkinchisidan katatroq bo'lishi kerak).

Qadam 3
Tugallandi

Xamirninig katta qismini aylanasi 26-28 sm li qolipga yoyib chiqamiz. Chetlarini balandroq qilib, "bortik"lar hosil qilamiz. So'ng sanchiq bilan bir nechta joylarini teshib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan jemni bir tekis qilib surtib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qolgan xamir bo'lagini yoyib, 1 sm qalinlikda uzun lentalar kesib chiqamiz. Va shu xamir bo'laklari bilan pirog ustini panjarasimon ko'rinishda bezatamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tuzli tovuqni tayyorlaymiz:

Pishiradigan qolipimizga yirik tuz yoki iloji bo'lsa dengiz tuzidan solamiz. Bunda tuz sathi taxminan 1 sm qalinlikni hosil qilishi lozim.

Qadam 7
Tugallandi

Tovuqni yuvib, qog'oz sochiq bilan artib quritamiz.

Qadam 8
Tugallandi

O'zingiz sevib iste'mol qiladigan ziravorlardan tovuq ichiga va ustiga sepib chiqasiz - bizlar bunda rozmarin, rayhon va oreganodan foydalandik.

Limonni yuviob, ustidan qaynoq suv quyamiz va butunligicha tovuq ichiga solamiz. Limon tovuqga sersuvlik va xushbo'y is bag'ishlaydi.

Qadam 9
Tugallandi

Tovuqw pishganidan keyin ham chiroyli holatini saqlab qolsin desangiz, unda tovuq oyog'ini ip bilan bog'lab qo'ying.

Tovuqni endi tuz sepilgan qolipga olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Dual Cook funksiyali pechda bir vaqtning o'zida 2 xil yegulikdan tayyorlash mumkin bo'lib, bir-birning hidi aralashib ketmaydi.

Krostatani 180 С darajada 25 daqiqada pishirsak, olmali tovuqni esa 190 С da 80-90 daqiqa davomida pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: samsunguzbekistan

Facebookdagi rasmiy sahifasi: @SamsungUzbekistan

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Krostata uchun:
200 gramm har qanday jem
300 gramm un
130 gramm sariyog'
100 gramm shakar
2 ta tuxum sarig'i
bir chimdim tuz
Tuzli tovuqqa:
1200-1500 gramm butun tovuq
600-800 gramm yirik tuz
1 dona limon
ta'bga qarab italyancha xushbo'y ziravorlar
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: Tuxum-barak
keyingi
Tovuq jigaridan tayyorlangan iliq salat

Fikringiz