fbpx
Videoretsept: ikki xil asosga ega pirog

Videoretsept: ikki xil asosga ega pirog

Masalliqlar:

  • xamiriga

  • go'shtli asosiga

  • tovuqli asosiga

Yo’nalishlar

Go’shtli piroglarni yoqtirasizmi? Tovuqlisinichi? Endi tanlashning hojati yo’q, chunki bitta pirogni ikki xil asosga ega qilib pishirishingiz mumkin.

Asosi istalgan mahsulotdan bo’lishi mumkin. Bunday pirog oilada hammaning ta’bi har xil bo’lganida ayni muddao bo’ladi. Shunday ekan tezroq ushbu ajoyib pirogni pishirishga kirishing.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
500 gramm un
300 gramm smetana
250 gramm margarin yoki sariyog'
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq tuz
go'shtli asosiga
300 gramm qiyma
100-150 gramm piyoz
200 gramm kartoshka
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra kashnich
tovuqli asosiga
300 gramm tovuq filesi
150 gramm shampinyon
100-150 gramm piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta istalgan ko'kat shoxchalari
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra kashnich
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtli asosini tayyorlaymiz:

Mayda to'g'ralgan sabzavotlar va mol go'shtidan qiymani aralashtiramiz. Ziravorlar, pressdan o'tkazilgan sarimsoqpiyoz, tuz va murch solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuqli asosini tayyorlaymiz:

Alohida idishga o'rtacha bo'laklarga bo'lingan tovuq, piyoz va qo'ziqorinni solamiz. Ziravorlar, sarimsoqpiyoz tuz va murch sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosli 2 ta idishni ham ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, xamir tayyorlagunimizcha muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Un solingan idishga qabartma va tuz solib, yaxshilab aralashtiramiz,

Qadam 5
Tugallandi

Unli massaga sovuq sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib, qo'lda ishqalab, uvoq shakliga keltiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Smetana solib, xamir qoramiz.

Xamirni dumaloq shakliga keltirib, paketga solib, 15 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni 2 ga bo'lamiz. Birinchi qismini yoyib, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Yoyilgan xamirning yarimiga go'shtli asosni joylashtiramiz. Ikkinchi yarimiga tovuqli asosni qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirning ikkinchi qismini ham yoyib, asos ustini yopamiz. Yonlarini yaxshilab maxkamlaymiz. Agar ortiqcha xamir qolib ketsa, uni bezak uchun olib qo'yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pirog ustiga tuxum surtib, xamir bo'laklari bilan bezatamiz va kunjut sepamiz.

Qadam 11
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasiga obuna bo'ling Multipak

Reklama huquqi ostida

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
500 gramm un
300 gramm smetana
250 gramm margarin yoki sariyog'
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq tuz
go'shtli asosiga
300 gramm qiyma
100-150 gramm piyoz
200 gramm kartoshka
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra kashnich
tovuqli asosiga
300 gramm tovuq filesi
150 gramm shampinyon
100-150 gramm piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta istalgan ko'kat shoxchalari
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra kashnich
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Videoretsept: rezavor mevali kremga ega biskvitli rulet
keyingi
Bezega ega olxo’rili pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.